Yangiliklar

Rajabov D. O‘N O‘RTOQ, SANAB BOQ (Десять друзей, ну посчитай-ка), o'zbek tilida

Yangilangan sana: 2011-08-15 Ko`rilgan: 1176

      Ushbu kitobchada matematikaning o‘ngacha bittalab qo‘shish qonuniyati she’riy usulda bayon etilgan bo‘lib, unga ilova qilingan rasmlar tegishli ranglarda bo‘yash uchun mo‘ljallangan.

Mirxodjayev K.A. Turkiston yulduzi (Звезда Туркестана). O'zbek, rus, ingliz, nemis tillarida

Yangilangan sana: 2011-07-15 Ko`rilgan: 1255

      O'zbek, rus, ingliz va nemis tillarida illustratsiyalar bilan tayyorlangan mazkur albom otlar naslining noyob bir turi — Axaltaka zotining kelib chiqishi va uning o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot beradi. Albomdagi ajoyib lavhalarda ushbu qadimiy ot zotining barcha go'zalliklari namoyon qilingan, Axaltaka otlarining butun dunyo bo'ylab tarqalishi, ot havaskorlari va uning qadriga yetuvchilarning unga bo'lgan katta qiziqishlari haqida hikoya qilinadi.

R.S. Hamroyeva, S.U. Urinova. MAKTABGA TAYYORLANAMIZ (ГОТОВИМСЯ К ШКОЛЕ), o'zbek tilida

Yangilangan sana: 2011-06-23 Ko`rilgan: 1213

      Ota-onalar va tarbiyachilar uchun maktabgacha yoshdagi bolalar bilan shug'ullanishga mo'ljallangan mazkur mashg'ulotlar albomi bolalarning xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzilgan.

„O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi ITLAR HAQIDA ALBOM ni nashrga tayyorlamoqda

Yangilangan sana: 2011-06-01 Ko`rilgan: 1699

      „O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi (xizmat ko‘rsatuvchi, dekorativ, ovchi) ITLAR HAQIDA ALBOM ni nashrga tayyorlamoqda. Agar Siz o‘zingizning to‘rt oyoqli do‘stingizni mazkur albom sahifalarida ko‘rishni istasangiz, ularning fotosuratlarini bizning elektron pochtamizga yuborishingiz mumkin. Fotosuratlar JPG formatida bo‘lishi, rasm osti matni uchun itlarning zoti va nomini ko‘rsatishingiz maqsadga muvofiq.

FIZIKADAN MASALALAR TO'PLAMI (СБОРНИК ЗАДАЧ ПО ФИЗИКЕ) Rimkevich A.R., o'zbek tilida

Yangilangan sana: 2011-05-23 Ko`rilgan: 1734

      Mazkur o'quv qo'llanma maktab o'quvchilari uchun qo'shimcha foydalanishga mo'ljallangan bo'lib, unda fizika kursining hamma bo'limlari, ya'ni "Mexanika", "Molekular fizika", "Elektrodinamika", "Tebranishlar va to'lqinlar", "Optika", "Atom fizikasi", "Atom yadrosi fizikasi"ga doir masalalar berilgan.

Mavlonov O. Zoologiya (Зоология). O‘zbek tilida

Yangilangan sana: 2011-04-11 Ko`rilgan: 1303

      Zoologiyadan oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanma 9 ta bobdan iborat bo‘lib, unda hayvonlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot; sodda hayvonlar, ko‘p hujayrali hayvonlar, yassi va to‘garak chuvalchanglar, halqali chuvalchanglar, molluskalar, bo‘g‘imoyoqlilar, xordalilar tiplari, shuningdek, yer yuzida hayvonot dunyosining evolutsiyasi haqidagi va boshqa juda ko‘p ma’lumotlar to‘liq o‘z aksini topgan.

O‘zbekistonda 12 mart kuni umumxalq xayriya hashari boshlandi

Yangilangan sana: 2011-03-12 Ko`rilgan: 1174

      O‘zbekistonda 12 mart kuni umumxalq xayriya hashari boshlandi.

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” VI Milliy mukofoti

Yangilangan sana: 2011-01-21 Ko`rilgan: 1503

      O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida "Oltin qalam" VI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o'tkazadi.

“Bolalik shaharchasi”dagi shodiyonalar

Yangilangan sana: 2010-12-27 Ko`rilgan: 1227

      Poytaxtimizdagi Mustaqillik maydonida Yangi yil bayrami shodiyonalari boshlandi.

      Bu yerda barpo etilgan “Bolalik shaharchasi” qalbi orzularga to‘la bolajonlar, poytaxtlik va mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan hamyurtlarimiz, shuningdek, xorijlik mehmonlar bilan gavjum. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi kabi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu bayram tantanalari barchada katta qiziqish va taassurot uyg‘otmoqda.

Yong‘in xavfsizligi oyligi samaralari

Yangilangan sana: 2010-12-15 Ko`rilgan: 2046

      Qish mavsumida yong'in holatlari nisbatan ko'p sodir bo'lishi barchaga ma'lum. Ko'pincha isitish moslamalaridan noto'g'ri foydalanish, yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik, bolalarni qarovsiz qoldirish, shuningdek, Yangi yil bayrami arafasida turli xil pirotexnika vositalaridan foydalanish oqibatida yuzaga keladigan bunday noxush holatlarning oldini olishda mamlakatimizda har yili an'anaviy o'tkazib kelinayotgan Yong'in xavfsizligi oyligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Birinchi | Oldingi | 30 | 31 | 32 | 33 | 34 | 35 | 36 | 37 | 38 | Navbatdagi | Oxirgi

Hamma yangiliklar

Mashhur yangiliklar

2017-03-31 Seminar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте