Yangiliklar

Hasanova Feruza. BOLALAR BOG‘I (ДЕТСКИЙ САД). O‘zbek tilida

Yangilangan sana: 2011-12-17 Ko`rilgan: 1093

      Ushbu jajji kitobchada jahon adabiyoti namunalaridan o‘zbek tiliga tarjima qilingan — bolalar uchun mo‘ljallangan hikoya va ertaklar jamlangan.

      Unda Siz, aziz bolalar, Amerika, Angliya, Afrika, Yaponiya, Daniya yozuvchilari hamda koreys, arab xalq ertaklari bilan tanishasiz.

Primqulov M. va boshq. BIZ BILGAN VA BILMAGAN KIMYO (ХИМИЯ, КОТОРУЮ МЫ ЗНАЕМ И НЕЗНАЕМ). O‘zbek tilida

Yangilangan sana: 2011-12-10 Ko`rilgan: 1291

      Kimyo fani va kimyoviy mo‘jizalar haqida ko‘p eshitgansiz hamda ko‘rgansiz. Ana shunday mo‘jizalarni o‘z qo‘llari bilan yaratishni va yonidagi do‘stlarini lol qoldirishni orzu qilmagan o‘quvchi bo‘lmasa kerak. Qo‘lingizdagi ushbu kitobda kimyoning o‘zi nima, u qanday paydo bo‘lgan, uning rivojlanish tarixi qanday kechgan degan savollarga javob topasiz hamda kimyoviy „mo‘jizalar“ bilan tanishasiz. Shuningdek, kitobda o‘quvchilar o‘z bilimlaini sinab ko‘rishlari uchun olimpiada masalalari ham berilgan.

Hamidjon Homidiy. DAHOLAR DAVRASI (КРУГ ГЕНИЕВ). O‘zbek tilida

Yangilangan sana: 2011-12-03 Ko`rilgan: 1072

      Aziz o‘quvchi! Ilmiy, badiiy lavhalardan tarkib topgan ushbu kitobda ko‘hna mashriqzamindagi ko‘plab buyuk allomalarning mashaqqatli hayot yo‘llari tasvirlangan, ilmiy, badiiy ijodlari teran tahlil qilingan.

Frits Vyurtle. ANDIJON SHAHZODASI (ПРИНЦ АНДИЖАНА). O‘zbek tilida

Yangilangan sana: 2011-12-25 Ko`rilgan: 1021

      Ushbu sarguzasht-qissaga «Boburnoma»dagi voqealar asos qilib olingan. Unda 12 yoshli Zahiriddin Muhammad Boburning otasi Umarshayx Mirzo vafotidan keyin endigina Farg‘ona viloyati taxtiga o‘tirgan paytdagi jangu jadallarda kechgan hayoti bayon etilgan.

Pratov O‘. P., Yuldashev A.S. BIOLOGIYA, BOTANIKA (БИОЛОГИЯ, БОТАНИКА). O‘zbek tilida

Yangilangan sana: 2011-10-18 Ko`rilgan: 4523

      Ushbu botanikadan ma’lumotnoma oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda o‘simliklarning tuzilishi, hayoti, ko‘payishi, tarixiy taraqqiyoti, tarqalishi, ulardan oqilona foydalanish hamda botanika fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro uzviy bog‘liqligi haqida, o‘simliklar sistematikasi, biokimyosi, geografiyasi, ekologiyasiga oid va boshqa shu kabi mavzular yoritilgan.

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi

Yangilangan sana: 2011-08-31 Ko`rilgan: 1014

      Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

      Hurmatli mehmonlar!

      Bugun – barcha shahar va qishloqlarimizda, butun mamlakatimizda muborak ayyom, unutilmas tarixiy sana – O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganining yigirma yillik buyuk bayrami.

Rajabov D. O‘N O‘RTOQ, SANAB BOQ (Десять друзей, ну посчитай-ка), o'zbek tilida

Yangilangan sana: 2011-08-15 Ko`rilgan: 937

      Ushbu kitobchada matematikaning o‘ngacha bittalab qo‘shish qonuniyati she’riy usulda bayon etilgan bo‘lib, unga ilova qilingan rasmlar tegishli ranglarda bo‘yash uchun mo‘ljallangan.

Mirxodjayev K.A. Turkiston yulduzi (Звезда Туркестана). O'zbek, rus, ingliz, nemis tillarida

Yangilangan sana: 2011-07-15 Ko`rilgan: 1042

      O'zbek, rus, ingliz va nemis tillarida illustratsiyalar bilan tayyorlangan mazkur albom otlar naslining noyob bir turi — Axaltaka zotining kelib chiqishi va uning o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot beradi. Albomdagi ajoyib lavhalarda ushbu qadimiy ot zotining barcha go'zalliklari namoyon qilingan, Axaltaka otlarining butun dunyo bo'ylab tarqalishi, ot havaskorlari va uning qadriga yetuvchilarning unga bo'lgan katta qiziqishlari haqida hikoya qilinadi.

R.S. Hamroyeva, S.U. Urinova. MAKTABGA TAYYORLANAMIZ (ГОТОВИМСЯ К ШКОЛЕ), o'zbek tilida

Yangilangan sana: 2011-06-23 Ko`rilgan: 998

      Ota-onalar va tarbiyachilar uchun maktabgacha yoshdagi bolalar bilan shug'ullanishga mo'ljallangan mazkur mashg'ulotlar albomi bolalarning xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzilgan.

„O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi ITLAR HAQIDA ALBOM ni nashrga tayyorlamoqda

Yangilangan sana: 2011-06-01 Ko`rilgan: 1354

      „O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi (xizmat ko‘rsatuvchi, dekorativ, ovchi) ITLAR HAQIDA ALBOM ni nashrga tayyorlamoqda. Agar Siz o‘zingizning to‘rt oyoqli do‘stingizni mazkur albom sahifalarida ko‘rishni istasangiz, ularning fotosuratlarini bizning elektron pochtamizga yuborishingiz mumkin. Fotosuratlar JPG formatida bo‘lishi, rasm osti matni uchun itlarning zoti va nomini ko‘rsatishingiz maqsadga muvofiq.

Birinchi | Oldingi | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | 32 | 33 | 34 | 35 | Navbatdagi | Oxirgi

Hamma yangiliklar

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте