Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 21-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

Yangilangan sana: 2013-01-11 Ko`rilgan: 1493

      Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!

      Sizlarni va barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 21-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Obod turmush yili

Yangilangan sana: 2013-01-05 Ko`rilgan: 1554

      «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning yigirma yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Yangilangan sana: 2013-01-01 Ko`rilgan: 987

      Aziz yurtdoshlarim!

      Qadrli do‘stlar!

      Yangi yilga sanoqli daqiqalar qolgan mana shu shukuhli damlarda yurtimizga qutlug‘ qadamlar bilan kirib kelayotgan 2013-yil bilan siz, azizlarni chin qalbimdan tabriklash, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatimni bildirish, samimiy tilaklarimni izhor etish men uchun katta sharaf, katta baxtdir.

      O‘tgan davr mobaynida boshimizdan kechirgan, el-yurtimiz hayotida ro‘y bergan voqealarni, amalga oshirgan ishlarimizni baholar ekanmiz, o‘z poyoniga yetayotgan 2012-yilni shukronalik tuyg‘usi bilan, mamnuniyat bilan kuzatishga to‘liq asoslarimiz bor.

Yangi yil bayrami munosabati bilan dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida

Yangilangan sana: 2012-12-24 Ko`rilgan: 1186

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

      Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

      2012-yil 29 dekabr shanba va 30 dekabr yakshanba dam olish kunlari mos ravishda 2012-yil 31 dekabr dushanba va 2013-yil 2 yanvar chorshanba kunlariga ko‘chirilsin;

Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat asosi

Yangilangan sana: 2012-12-02 Ko`rilgan: 1317

      O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda «Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat asosi» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

      Unda senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, xorijlik olimlar va mutaxassislar, shifokorlar, mahalla va xotin-qizlar qo‘mitalari faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar ishtirok etdi.

Bayram taraddudi qizg‘in

Yangilangan sana: 2012-12-20 Ko`rilgan: 1067

      Yangi yil bayrami tobora yaqinlashmoqda. Yurtimizning shahar va qishloqlarida, korxona va tashkilotlarda, xonadonlarda ushbu bayramga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Joriy yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusi yil vazifalari belgilanmoqda.

      Samarqand viloyatida ham bayramni yuqori saviyada nishonlash maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilanib, tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlari forumi

Yangilangan sana: 2012-12-13 Ko`rilgan: 987

      O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Toshkent shahri va viloyati bo‘limlari hamkorligida nodavlat notijorat tashkilotlarining forumi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida

Yangilangan sana: 2012-12-04 Ko`rilgan: 933

      5 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi ochiladi.

      4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ishchi guruh rahbarining bo‘lajak yalpi majlisni o‘tkazishga tayyorgarlik to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Oila va bolalik – ishonchli himoyada

Yangilangan sana: 2012-11-26 Ko`rilgan: 977

      Poytaxtimizda oila va bolalikni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining ma’naviy asoslari mavzuida xalqaro forum boshlandi.

      Forum Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen Yolg'iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi, YUNISEF va YUNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Chempion so‘nggi turda aniqlanadi

Yangilangan sana: 2012-11-19 Ko`rilgan: 974

      Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXI milliy chempionati oliy ligasida mamlakat chempioni va sovrindorlari so‘nggi turda aniqlanadigan bo‘ldi.

      “Paxtakor” futbolchilari “Olmaliq” maydonida o‘tkazilgan 25-tur uchrashuvini ham o‘z foydasiga hal qildi. Sherzod Karimovning “dubl”i va Temurxo‘ja Abduxoliqovning bir goli evaziga yirik hisobda g‘alaba qozongan “paxtakorchi”lar ochkolari sonini 56 taga yetkazib oldi.

Birinchi | Oldingi | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | 32 | 33 | Navbatdagi | Oxirgi

Hamma yangiliklar

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте