Xizmatlar

Dizayn

U yoki bu turdagi matbaa mahsulotini chop etishda dizayn katta ahamiyatga ega. Agar nashrni tayyorlashda uning dizayni ayrim jihatlari va asosiy tarkiblari o'ylanmagan bo'lsa, va u korporativ uslubga muvofiqlashtirilmagan bo'lsa, hatto eng sifatli bosma ham yakuniy mahsulotga kerakli ko'rinishni bera olmaydi.

«O'qituvchi» NMIU o'z mijozlarining har biri bilan, hamkorlikning birinchi kunidan boshlab, dizaynni ishlab chiqish masalalariga alohida ahamiyat beradi. Bu ishda buyurtmachining vakillari hamda bosmaxonaning dizayn bo'limi mutaxassislari ham ishtirok etadilar.

«O'qituvchi» NMIU yuqori sifat darajasida turli matbaa mahsulotlarining dizayni bilan shug'ullanadi, shu jumladan:
- broshyura(risola)lar dizayni;
- kataloglar dizayni;
- prospektlar dizayni;
- yillik hisobotlar dizayni;
- taqvimlar dizayni;
- bloknotlar dizayni;
- kubariklar dizayni;
- kundaliklar dizayni;
- planinglar dizayni;
- varaqalar dizayni;
- plakatlar dizayni;
- afishalar dizayni;
- taklifnomalar dizayni;
- otkritkalar dizayni.

Xizmatlar, dizayn, vyorstka, tahrir, guvohnoma O`qituvchi Toshkent O`zbekiston

Vyorstka

Poligrafik vyorstka - matnli va tasvirli unsurlarni jamlab joylashtirish vositasida nashr sahifalarini o'lchamlash usulidir, sahifalash tufayli bosma asar yakuniy ko'rinishga ega bo'ladi. «O'qituvchi» NMIU har qanday buyurtmachining talablarini, shu jumladan, matbaaviy sahifalash borasidagi istaklarni ham to'liq qondirishga intiladi. Biz Sizlar uchun ishlaymiz!

«O'qituvchi» NMIU xizmatlar ko'lami mijozlarning o'z g'oyalari bilan bizga bemalol murojaat etishlariga imkoniyat beradi, pirovardida esa, tayyor mahsulotni olishingiz mumkin. Uni ishlab chiqarish dizaynni, poligrafik sahifalashni, ranglarni uyg'unlashtirishni, chop etishni, bosmadan keyingi ishlov berishlarni o'z ichiga oladi.

«O'qituvchi» NMIU da turli o'lchamlardagi matbaaning sahifalash ishlari amalga oshiriladi.
- kitoblarni sahifalash;
- gazetalarni sahifalash;
- jurnallarni sahifalash;
- tashrifnomalarni sahifalash;
- bukletlarni sahifalash;
- kataloglarni sahifalash;
- risolalarni sahifalash.

Xizmatlar, dizayn, vyorstka, tahrir, guvohnoma O`qituvchi Toshkent O`zbekiston

Tahrir

Kitob chop etishning dastlabki davrlarida muharrir vazifasini matbaachilar bajargan. O'n sakkizinchi asrdan boshlab, ayniqsa davriy nashrlar rivojlanishi bilan muharrirning ahamiyati ortib bordi. Keyinchalik muharrir ilmiy va adabiy bosmalarning ajralmas tayyorlov bosqichiga aylandi. Muharrirlik ishining bir qadar murakkab va nozik turi - badiiy asarlar muharriri. Tahrir qilish bosqichida bevosita yoki yashirin siyosiy, ma'naviy-axloqiy, estetik va boshqa tsenzuralarni amalga oshirish mumkin, bu bilan bog'liq hollar muharrirning ma'naviy hislatlariga talab ham ortib boradi. Qat'iy tahrir yaxshi nashrning belgisi hisoblanadi.

Xizmatlar, dizayn, vyorstka, tahrir, guvohnoma O`qituvchi Toshkent O`zbekiston

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте