Yangilangan sana: 2013-06-10 Ko`rilgan: 1397

Jurnalistlar o‘quvi

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda viloyat hokimligi, jamoat tashkilotlari hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Termiz shahrida “Obod turmush yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining ishtirokiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ommaviy axborot vositalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Fuqarolarning axborot olish huquqi va so‘z erkinligi ta’minlanib, ommaviy axborot vositalari faoliyati zamon talablari asosida izchil takomillashtirilmoqda.

Bularning barchasi mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, aholini axborot bilan ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan izchil chora-tadbirlar samarasidir. Davlat dasturi ijrosiga bag‘ishlab “Obodlik bor joyda – baraka bor”, “Yurting obod – diling obod”, “Obod mahalla” kabi yangi ruknlar ostida viloyat ommaviy axborot vositalarida berilayotgan rang-barang teledasturlar, radioeshittirishlar, tahliliy maqolalar aholiga manzur bo‘lmoqda.

Surxondaryo viloyatida ikki televideniye, bir radioeshittirish tarmog‘i, 33 bosma ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritmoqda. “Obod turmush yili” Davlat dasturining joylardagi ijrosini keng yoritish, mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilayotir. Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida uch yuzdan ortiq eshittirish, ko‘rsatuv va lavha tayyorlanib, efirga uzatildi. Bosma ommaviy axborot vositalarida sakkiz yuzga yaqin material, fotoreportaj va xabarlar chop etildi.

Anjuman doirasida yurtimizda oilalar mustahkamligini, aholi farovonligi va real daromadlari o‘sishini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlarning bandlik masalasini hal etish, ta’lim, tibbiyot sohalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar samaralari haqida so‘z yuritildi. Davlat dasturining ijrosini ommaviy axborot vositalarida yanada kengroq yoritish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Jurnalistlar o‘quvi kitob yuklab olish O'qituvchi nashriyot

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Yangi yulduzlar bo‘y ko‘rsatdi

Poytaxtimizdagi Badiiy gimnastika bo‘yicha olimpiya zaxiralari respublika bolalar-o‘smirlar ixtisoslashgan sport maktabida 4-8-iyun kunlari badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati va “Happy Caravan” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi...

Ko‘rgazma-yarmarkaga marhamat!

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B.Rahmonov va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida uy-joy-kommunal sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifati muttasil oshayotgani...

Mashhur yangiliklar

2017-03-31 Seminar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте