Yangilangan sana: 2013-06-09 Ko`rilgan: 1043

Yangi yulduzlar bo‘y ko‘rsatdi

Poytaxtimizdagi Badiiy gimnastika bo‘yicha olimpiya zaxiralari respublika bolalar-o‘smirlar ixtisoslashgan sport maktabida 4-8-iyun kunlari badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati va “Happy Caravan” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati va "Happy Caravan" xalqaro turniri yakunlandi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

Xalqaro gimnastika federatsiyasi shafeligida Osiyo gimnastika uyushmasi, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda mamlakatimiz Gimnastika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Singapur, Malayziya, Tailand, Hindiston, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Isroil, Rossiya kabi davlatlardan ikki yuz nafardan ziyod gimnastikachi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Mamlakatimizda badiiy gimnastikaning jadal ommalashayotgani qizlarimizning jismonan va ma’nan sog‘lom voyaga yetishiga xizmat qilish bilan birga, ular orasidan xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilar yetishib chiqishida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu jarayonda sportning qizlarga xos nafis turi – badiiy gimnastikani yanada ommalashtirish, malakali murabbiya kadrlarni tayyorlash va ularning faoliyatini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Badiiy gimnastika bo‘yicha joylarda hududiy federatsiyalar va markazlarning tashkil etilgani samarasida sportning ushbu nafis turi bilan muntazam shug‘ullanayotgan qizlar safi tobora kengayib bormoqda.

Bu poytaxtimizda o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati va "Happy Caravan" xalqaro turnirida yana bir bor o‘z ifodasini topdi.

To‘rt kun davom etgan musobaqada yakkaliklar va guruhlar o‘rtasida ko‘pkurash va alohida gimnastika predmetlari yordamida mashq bajarish bo‘yicha final bellashuvlari o‘tkazildi. Gimnastikachi qizlarning halqa, to‘p, bulava va tasma bilan mashq bajarishi, musiqa va ritmni yaxshi his etishi, chaqqon va nafis harakatlari muxlislarga zavq bag‘ishladi.

Hayajonli damlar – g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi boshlandi. Tomoshabinlarning gulduros qarsaklari ostida maydonga yakkalik va guruh bellashuvlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan gimnastikachilar kirib keldi.

Osiyo chempionatining alohida gimnastika predmetlari yordamida mashq bajarish bo‘yicha final musobaqasida sportchimiz Jamila Rahmatova bir kumush va uch bronza, Mayya Filippova bronza medalni qo‘lga kiritdi. Guruh mashqlarining “uch halqa va ikki tasma” deb nom olgan turini bajarishda xitoylik gimnastikachilar birinchi bo‘ldi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Happy Caravan” xalqaro turnirida ishtirok etgan yosh sportchilarimiz ham o‘z mahorat va iste’dodini munosib namoyish qildi. Bulavada mashq bajarishda Nilufar Shomurodova, tasmada mashq bajarishda Zulfiya Yo‘ldosheva ikkinchi o‘rinni egalladi. Guruhlar o‘rtasidagi bahsda vakillarimiz bittadan kumush va bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Tantanali marosim taniqli san’atkorlar ijrosidagi katta konsert bilan yakunlandi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Yangi yulduzlar bo‘y ko‘rsatdi kitob buyurtma

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

ISBN va ISSN xalqaro standart tartib raqam berilishini elektron ko‘rinishidagi taqdimoti

Mazkur dastur bilan to`liq va yaqindan tanishishtirish maqsadida O`zbekiston Milliy kutubxonasida dastur taqdimoti bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligidan, nashriyotlar va tahririyatlardan vakillar, dastur bilan yaqindan ishlagan mutaxassis - xodimlar ishtirok etdilar...

Jurnalistlar o‘quvi

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте