Yangilangan sana: 2013-06-07 Ko`rilgan: 1255

Ra’no – ilk oltin medal sohibasi

“Universiada – 2013” musobaqalarining dastlabki oltin medalini suzish bo‘yicha O‘zbekiston chempioni va mamlakatimizning ko‘p karra rekordchisi Ra’no Omonova qo‘lga kiritdi. “Semurg‘” sport majmuasi suv havzasida o‘tkazilayotgan musobaqada iste’dodli sportchimiz 50 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha marraga birinchi kelib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Buxoro shahrida oliy o‘quv yurtlari talabalarining “Universiada – 2013” respublika sport musobaqalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar terma jamoalari sportning 12 turi bo‘yicha 220 medallar jamlanmasi uchun kurashga kirishdi.

– Talabalar musobaqasining dastlabki oltin medalini qo‘lga kiritganimdan xursandman, – deydi Andijon davlat universiteti birinchi kurs talabasi Ra’no Omonova. – Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan uch bosqichli sport musobaqalari biz, yoshlarning barkamol bo‘lib voyaga yetishimiz, ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Men ilk bor 2006-yili Qarshi shahrida o‘tgan “Umid nihollari” sport musobaqasida g‘olib bo‘lgan edim. 2011-yili Termiz shahri mezbonlik qilgan “Barkamol avlod” o‘yinlarida to‘rtta oltin medalni qo‘lga kiritdim. Ushbu Universiada men uchun joriy yilning iyul oyida Ispaniyada bo‘ladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Ra’no – ilk oltin medal sohibasi

“Universiada – 2013” sport musobaqalari dasturidan joy olgan suzishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha 50, 100 va 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan poytaxtlik Anastasiya Ro‘zmetova, Anna Plyusova, Aleksey Derlyugov, navoiylik Pyotr Romashkin, andijonlik Muazzam Xudoyorova, Farhod Amilov hamda Sobitjon Amilov ham birinchi o‘rinlarni egalladi.

Suzish musobaqasining turli masofalarga o‘tkazilgan estafeta bellashuvlarida Toshkent shahri jamoasi ikkita, Andijon va Navoiy viloyati terma jamoalari bittadan oltin medal jamg‘ardi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Ra’no – ilk oltin medal sohibasi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Axborot texnologiyalari mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

      Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash har qanday mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish turli uskunalardan foydalanishni yaxshi biladigan, yuqori malaka va salohiyatga ega mutaxassislar tayyorlashni talab qiladi...

ISBN va ISSN xalqaro standart tartib raqam berilishini elektron ko‘rinishidagi taqdimoti

Mazkur dastur bilan to`liq va yaqindan tanishishtirish maqsadida O`zbekiston Milliy kutubxonasida dastur taqdimoti bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligidan, nashriyotlar va tahririyatlardan vakillar, dastur bilan yaqindan ishlagan mutaxassis - xodimlar ishtirok etdilar...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте