Yangilangan sana: 2013-05-27 Ko`rilgan: 1708

Axborot texnologiyalari mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

      Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash har qanday mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish turli uskunalardan foydalanishni yaxshi biladigan, yuqori malaka va salohiyatga ega mutaxassislar tayyorlashni talab qiladi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida xalqimizning boy intellektual merosi, umuminsoniy qadriyatlar, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, ilm-fan, texnika va texnologiyalar yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning samarali tizimini shakllantirish mamlakatimizni rivojlantirishning muhim sharti sifatida qayd etilgan.

      Toshkent axborot texnologiyalari universitetida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda sohaning 40 dan ortiq korxonasi vakillari qatnashdi.

      Davlatimiz rahbarining 2012-yil 21-martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

      Yarmarkani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad kompaniya va korxonalarga yosh, iste’dodli va istiqbolli xodimlarni jalb qilish, yosh mutaxassislarga ishga joylashishda ko‘maklashishdan iborat. Bu imkoniyatdan yuzlab talaba, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari foydalandi. Ular yarmarkada o‘zi haqidagi qisqa ma’lumotni taqdim etish, bo‘lajak ish beruvchilar bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldi.

      – Bizga ijodiy fikrlaydigan yosh dasturchilar kerak, – deydi “Usell” kompaniyasining xodimlarni tanlash bo‘yicha mutaxassisi Hilola Rahimberdiyeva. – Kompaniya turli bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etmoqda va hozircha bu o‘rinlarga uch nafar da’vogar bor.

      Boshqa kompaniyalar, jumladan, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida ham bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. “O‘zbektelekom” kompaniyasi ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini muntazam kengaytirmoqda va shu sababli malakali yosh mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda.

      Yarmarkada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yosh mutaxassislarga ehtiyoj borligi yorqin namoyon bo‘ldi, u ish beruvchilar va o‘quv yurtlari o‘rtasidagi mavjud aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Axborot texnologiyalari mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi O‘qituvchi NMIU umumta'lim maktablari, oliy o'quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o'quv qo'llanmalar, shuningdek, o'qituvchi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Ma’naviyat va ma’rifat bayrami

      Poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori O.Yunusov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida...

Ra’no – ilk oltin medal sohibasi

“Universiada – 2013” musobaqalarining dastlabki oltin medalini suzish bo‘yicha O‘zbekiston chempioni va mamlakatimizning ko‘p karra rekordchisi Ra’no Omonova qo‘lga kiritdi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте