Yangilangan sana: 2013-05-23 Ko`rilgan: 1374

Ma’naviyat va ma’rifat bayrami

      Poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori O.Yunusov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, yoshlarda yurtga sadoqat, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga ehtirom tuyg‘ularini kuchaytirish va yuksak intellektual salohiyatli barkamol avlodni kamolga yetkazishda kitob beqiyos vosita bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.

      Mamlakatimizda “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida respublika Kitob bayrami boshlandi. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “O‘zkitobsavdota’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Toshkent shahar hokimligi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan tadbir Toshkent va Nukus shaharlari, barcha viloyat markazlarida bo‘lib o‘tmoqda.

      Bugungi kunda mamlakatimizda yuzdan ziyod nashriyot, tashkilot va ilm-fan muassasalari huzurida ellikka yaqin noshirlik bo‘limlari faoliyat yuritmoqda. Mustaqillikka qadar yurtimizda atigi 9 nashriyot bo‘lganini e’tiborga olsak, istiqlol yillarida bu soha qanchalik jadal taraqqiy etayotgani, aholining kitobga bo‘lgan e’tibori va ehtiyoji yildan-yilga oshib borayotganini anglash qiyin emas.

      Matbaachilik sohasi ham izchil rivojlanmoqda. Istiqlolning dastlabki yillarida mamlakatimizda 149 matbaa korxonasi ish yuritgan bo‘lsa, bugun ularning umumiy soni bir yarim mingdan oshadi. Nashriyotlarimiz tomonidan har yili ikki mingdan ortiq nomdagi adabiyotlar nashr etilmoqda. Bir qator nashriyotlarimiz Xitoy, Germaniya, Rossiya, Eron, Turkmaniston kabi mamlakatlarda o‘tgan xalqaro kitob yarmarkalarida sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.

      O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan “Yilning eng yaxshi kitobi” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Respublika nashriyotlari o‘rtasida “Ijtimoiy-siyosiy adabiyot”, “Vatan tarixi”, “O‘zbek mumtoz adabiyoti”, “Bolalar va o‘smirlar adabiyoti”, “Art-kitob” nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar noshirlik ishi rivojida muhim omil bo‘layotir.

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-apreldagi “2010-2015-yillarda bolalar va o‘smirlarni ma’naviy kamol toptirishga yo‘naltirilgan noshirlik mahsulotlarini nashr etish dasturi to‘g‘risida”gi qarori soha rivojida muhim huquqiy asos bo‘lmoqda.

      Kitob savdosini tashkil etish, yangi adabiyotlarni aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish bu boradagi ishlarning uzviy qismidir. Bu yo‘nalishda “O‘zdavkitobsavdota’minoti”, “Sharq ziyokori” kabi savdo tashkilotlari aholiga keng qamrovda xizmat ko‘rsatmoqda.

      “Sharq ziyokori” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Shavkat Hamzayevning aytishicha, mazkur tuzilmaning poytaxtimiz va barcha viloyat markazlarida tashkil etilgan savdo majmualarida mamlakatimiz nashriyotlarida chop etilgan uch yarim ming nomdagi adabiyotlar savdoga qo‘yilgan. Savdo hajmi ham yildan-yilga oshib bormoqda. Masalan, o‘tgan yili uch milliard so‘mlikdan ziyod kitob sotilgan. Aholining kitob o‘qishga bo‘lgan ehtiyoji tobora yuksalib borayotgani kitob magazinlarini ko‘paytirishni taqozo etmoqda.

Ma’naviyat va ma’rifat bayrami

      Kitob bayramining ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.

      G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etilgan maxsus maydonchalarda nashriyotlarning yangi kitob mahsulotlari, nufuzli xalqaro kitob ko‘rgazmalarida sovrinli o‘rinlarni olgan asarlar, Obod turmush yiliga bag‘ishlangan nashrlar namoyish etildi. K itobxonlar o‘rtasida mutolaa madaniyatiga oid ijtimoiy so‘rov, “Eng yaxshi kitobxon”, “Kitobxon oila” kabi mavzularda intellektual o‘yin o‘tkazildi.

      – Poytaxtimizda Kitob bayrami o‘tayotganini eshitib Yangiyo‘l shahridan kelinim va nabiralarim bilan keldik, – deydi E’tibor O‘rmonova. – Kitobxonlikka oilamizda katta e’tibor qaratiladi. Bugun kitob magazinlarimizdan istagan kitobni topish mumkin. Xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyotimizga oid nashrlar biz uchun nihoyatda qadrli.

      Bog‘ sahnasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan tayyorlangan madaniy dastur doirasida taniqli san’atkorlar, yosh ijrochilarning chiqishlari namoyish etilib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari va yosh ijodkorlarning mushoiralari o‘tkazildi.

      Kitob bayrami doirasida bo‘lib o‘tgan “Kitob – millatning bebaho madaniy va ma’naviy merosi” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda olimlar, yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat-ma’rifat, ta’lim, nashriyot, matbaa sohasi vakillari noshirlik va axborot-kutubxona sohasiga doir huquqiy asoslar, uni takomillashtirish masalalari, O‘zbekistonda kitob grafikasining tarixi, rivojlanish tendensiyalari, jahon aloqa tarmog‘ida milliy adabiy merosimizni targ‘ib etishning dolzarb vazifalari xususida fikrlashdi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Ma’naviyat va ma’rifat bayrami O‘qituvchi NMIU umumta'lim maktablari, oliy o'quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o'quv qo'llanmalar, shuningdek, o'qituvchilar uchun metodik qo'llanmalar nashr etadi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Asosiy e’tibor – “elektron hukumat”ga

      “O‘zekspomarkaz”da har yili o‘tkazib kelinayotgan dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi va mamlakatimiz dasturchilari forumi ish boshladi. Tadbir O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik..

Axborot texnologiyalari mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

      Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash har qanday mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish turli uskunalardan foydalanishni yaxshi biladigan, yuqori malaka va salohiyatga ega mutaxassislar tayyorlashni talab qiladi...

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте