Yangilangan sana: 2013-05-16 Ko`rilgan: 1125

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori

      2013/2014 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida.

      Umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlarida va akademik litseylarda o‘qitish bilan to‘liq qamrab olishni, respublika mintaqalari iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida talab yuqori bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

      1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aniq kasblar bo‘yicha kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga amaldagi ehtiyojni tanqidiy tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan, 2013/2014 o‘quv yilidan boshlab respublika hududlarida 26 ta kasb-hunar kollejini qayta ixtisoslashtirishga doir takliflari qabul qilinsin.

      2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan real ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlangan 2013/2014 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini respublikaning kasb-hunar kollejlariga va akademik litseylariga qabul qilishning umumiy parametrlari tasdiqlansin.

      3. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (A.I.Ikromov), respublikaning kasb-hunar kollejlariga va akademik litseylariga qabul qilishning belgilangan umumiy parametrlaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida ikki hafta muddatda 2013/2014 o‘quv yilida viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo‘yicha har bir akademik litsey va kasb-hunar kollejiga umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini qabul qilish parametrlarini tasdiqlasin.

      Bunda umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini, o‘quvchilar va ular ota-onalarining tanlangan va iqtisodiyot tarmoqlarida ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga talabini, ta’lim muassasalarida zarur moddiy-texnika bazasi mavjudligini hisobga olgan holda, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o‘qitish bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlashga alohida e’tibor berilsin.

      4. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga, zarurat bo‘lganda, umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘qitish bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

      5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o‘z tasarrufida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2013/2014 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilishning belgilangan umumiy parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin hamda shu yil 10-avgustgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga qabul qilish natijalari bo‘yicha yakuniy axborot taqdim etsin.

      6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari, Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy organlari rahbarlari zimmasiga umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kelgusida akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.

      Bunda umumta’lim maktablarining 9-sinflarini bitiruvchi qizlarning kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o‘qitish bilan qamrab olinishiga alohida e’tibor qaratilsin.

      9-sinflar bitiruvchilarini o‘qitish bilan qamrab olishning yakuniy natijalari to‘g‘risida joriy yilning 15-avgustigacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.

      7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013/2014 o‘quv yili uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilishning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar ta’minoti uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.

      8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qayta ixtisoslashtirilayotgan va yangidan foydalanishga topshirilayotgan kasb-hunar kollejlarida va filiallarida 2013/2014 o‘quv yili boshlangunga qadar sifatli o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ularni yuqori malakali o‘qituvchi kadrlar bilan to‘ldirish, ularda kadrlar tayyorlash yo‘nalishlariga muvofiq o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, zarur normativ-huquqiy hujjatlar, o‘quv va uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.

      9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I.Ikromov zimmasiga yuklansin.

      O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov

      Toshkent shahri,
2013-yil 16-may

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori O‘qituvchi NMIU umumta'lim maktablari, oliy o'quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o'quv qo'llanmalar, shuningdek, o'qituvchilar uchun metodik qo'

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor

      Hurmatli yurtdoshlar!

      Muhtaram poytaxtimiz mehmonlari!

      2013-yilning 23-24-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor” shiori ostida Respublika “Kitob bayrami” o‘tkaziladi.

Asosiy e’tibor – “elektron hukumat”ga

      “O‘zekspomarkaz”da har yili o‘tkazib kelinayotgan dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi va mamlakatimiz dasturchilari forumi ish boshladi. Tadbir O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik..

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте