Yangilangan sana: 2010-06-01 Ko`rilgan: 1019

Bolalarga atalgan bayram

      Poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

      Badiiy ijodiyot, huquqiy bilimdonlik va sport bayramiga aylangan ushbu tadbir “Sen Yolg’iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligi, Respublika “Mahalla” jamg‘armasi, Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari, Adliya, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi hamkorligida tashkil etildi.

      Tadbirga poytaxtimizda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, serfarzand, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning o‘g‘il-qizlari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda maxsus maktab-internatlar o‘quvchilari taklif etildi.

      Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova, adliya vaziri o‘rinbosari G‘.Hidoyatov, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi B.G‘aniyev Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida hayotga tatbiq etilayotgan yosh avlodni yuksak intellektual salohiyatli va ma’naviyatli shaxs etib voyaga yetkazishning mukammal tizimi yuksak samara berayotganini ta’kidladi.

      Bugun yoshlar ta’lim-tarbiyasi borasida olib borilayotgan islohotlar uzviyligi, uzluksizligi, xalqimizning orzu-umidlari va ezgu intilishlariga hamohangligi bilan yuksak samaralar bermoqda. Ta’lim-tarbiya, sport-sog‘lomlashtirish, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at maskanlarining barpo etilayotgani yosh avlodni har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash, salomatligini muhofaza etish, jamiyat hayotining turli sohalari uchun yuqori malaka va bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash imkonini berayotir.

      Tadbirda badiiy ijodiyot va rasm chizishga oid turli ko‘rik-tanlovlar, intellektual bellashuvlar, viktorinalar, sport musobaqalari, tasviriy va amaliy san’at namunalaridan iborat ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga sovg‘alar topshirildi.

      San’at ustalari, ijrochi yoshlar va bolalar badiiy jamoalarining konserti namoyish etildi.

      Shu kuni kichkintoylar bog‘ hududidagi barcha attraksionlardan bepul foydalandilar.

(O'zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Bolalarga atalgan bayram

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Akademik Aleksandr Lavrik

      O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi. Matematika sohasidagi yirik olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Aleksandr Fedorovich Lavrik 83 yoshida vafot etdi.

      A.Lavrik 1927 yilda Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyatida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatganidan keyin Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi janglarda ishtirok etdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining o‘ninchi yig‘ilishi to‘g‘risida

      2010 yil 11 iyun kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar rahbarlari kengashining o‘ninchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. SHHTga raislik qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan ushbu sammitda Tashkilotga a’zo davlatlar, SHHT huzuridagi kuzatuvchi davlatlar rahbarlari va delegatsiyalar rahbarlari ishtirok etadi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте