Yangilangan sana: 2013-05-03 Ko`rilgan: 981

Ijod erkinligi va mas’uliyat mushtarak

      “Turkiston” saroyida jurnalistika sohasida “Oltin qalam” VIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan ushbu tadbirda senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlarning mamlakatimizdagi vakolatxonalari vakillari, faxriy jurnalistlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

      “Oltin qalam” VIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

      O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi, mazkur tanlov tashkiliy qo‘mitasi raisi Sh.G‘ulomov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari U.Muhammadiyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazish, odamlarning hayotga, mehnatga munosabatini o‘zgartirish, jamoatchilik fikrini shakllantirish va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotganini ta’kidladi.

      Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ilgari surilgan g‘oyalar asosida axborot sohasiga doir qonunchilik tizimi izchil takomillashtirilmoqda. Bu ommaviy axborot vositalari faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

      Davlatimiz rahbarining 2011-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ommaviy axborot vositalari, nashriyot, poligrafiya korxonalari va matbuot tarqatuvchi tashkilotlarga ko‘plab imtiyozlar berilib, yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi.

      Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’sis etilgan “Oltin qalam” Milliy mukofoti ham ana shunday rag‘bat va e’tiborning amaldagi ifodasidir. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi tomonidan Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Milliy teleradiokompaniya, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va “Uzreport” axborot agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan mazkur an’anaviy tanlov kasbiga sadoqat, ma’naviy jasorat va Vatanga muhabbat bilan ijod qilayotgan jurnalistlar mehnatini qadrlashda muhim omil bo‘layotir.

      Ijodiy bellashuvning mavqei, qamrovi yil sayin kengaymoqda. Bugungacha o‘tkazilgan yetti tanlovda 181 nafar jurnalist asosiy va rag‘batlantiruvchi mukofotlarga sazovor bo‘ldi. “Oltin qalam” VIII Milliy mukofoti uchun tanlovda 410 nafar jurnalist qariyb 6400 ijodiy ishi bilan qatnashdi.

      G‘oliblarni taqdirlash, tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirildi.

      Tanlovning Bosh milliy mukofotini qo‘lga kiritgan “Samarqand - STV” televizion ijodiy uyushmasi maxsus diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va mamlakatimizda belgilangan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

      – Mamlakatimizda nodavlat ommaviy axborot vositalari tarmog‘i tobora kengayib bormoqda, – deydi “Samarqand - STV” televizion ijodiy uyushmasi direktori A’zamjon Salohiddinov. – Xususan, bugungi kunda tele va radiokanallarning 66 foizini, bosma nashrlarning esa 50 foizdan ziyodini nodavlat ommaviy axborot vositalari tashkil etmoqda. “Oltin qalam”dek nufuzli tanlovning Bosh milliy mukofoti bizga berilishi ham yurtimizda nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, axborot sohasini demokratlashtirish, jamiyatimizda fikrlar rang-barangligini ta’minlashga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaldagi yaqqol ifodasidir.

      Ijodiy bellashuvning televideniye, radio, matbuot va internet-jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha sovrindorlari ham diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tadbirda BMT, YuNESKO, YeXHT, Jahon banki, “Mintaqaviy muloqot” (Sloveniya) kabi xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari, shuningdek, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan ham rag‘batlantiruvchi mukofotlar topshirildi.

      Tadbirda san’at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokida konsert namoyish etildi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Ijod erkinligi va mas’uliyat mushtarak O‘qituvchi NMIU umumta'lim maktablari, oliy o'quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o'quv qo'llanmalar, shuningdek, o'qituvchilar uchun metodik qo'llanmalar nashr

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Quvnoq startlar

      Poytaxtimizdagi “Chilonzor” bolalar sport majmuida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

AKTni baholashning xalqaro mezonlari

      Poytaxtimizda 3-may kuni AKTni baholashning xalqaro mezonlarini O‘zbekistonda tatbiq etishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте