Yangilangan sana: 2013-04-18 Ko`rilgan: 934

Oqsaroyda qabul

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 18-aprel kuni Oqsaroyda “Zamonaviy uy-joy qurilishi – qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini o‘zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Shiao Jaoni qabul qildi.

      Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda OTBga rivojlanish yo‘lidagi muhim strategik hamkor sifatida qaralishini ta’kidladi.

      O‘zaro hamkorlik o‘rnatilganidan buyon, 2013-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, OTB O‘zbekistonga qiymati 13,5 milliard AQSh dollaridan ortiq loyihalar uchun 48 zayom paketi ajratishni ma’qullagan. Shuning qariyb 4,5 milliard dollarlik qismi OTB tomonidan moliyalashtiriladi. Amaldagi kredit portfeli hajmi bo‘yicha OTB xalqaro institutlar orasida yetakchi o‘rin egallaydi. Xususan, 2012-yilda qiymati 876 million AQSh dollariga teng loyihalarni moliyalashtirish ma’qullandi. Joriy yilda esa 837 million dollarlik loyihalarni moliyalashtirishni ma’qullash ko‘zda tutilmoqda.

      Hamkorlikdagi loyihalar transport infratuzilmalari, qishloq xo‘jaligi, umumiy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi, kommunal xo‘jalik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, uy-joy qurilishi, shuningdek, energiya ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

      OTB qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks dasturni amalga oshirishda katta yordam ko‘rsatmoqda va shu maqsad uchun 500 million dollar mablag‘ ajratgan. Ushbu dasturning yuksak natijalari – qishloq hududlarida 23 mingdan ziyod zamonaviy, shinam va qulay uylar barpo etildi, 70 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi, qariyb 700 ijtimoiy infratuzilma ob’ekti qurildi.

      Shiao Jao qishloq joylarda uy-joy qurish dasturining noyobligini qayd etar ekan, muqobili bo‘lmagan ushbu model har tomonlama chuqur o‘rganishga munosib ekanini ta’kidladi.

      O‘zbekiston bilan OTB o‘rtasidagi hamkorlikning nafaqat salmog‘i oshmoqda, balki yo‘nalishlari ham kengaymoqda. Buni so‘nggi yillarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulkan imkoniyatlaridan foydalanish sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilganida ham ko‘rish mumkin. Yuqori texnologiyali loyiha – Samarqand viloyatida mintaqadagi birinchi, quvvati 100 MVtni tashkil qiluvchi quyosh fotoelektrik stansiyasini barpo etish loyihasi alohida e’tiborga sazovordir. Bugungi kunda OTB tomonidan ushbu loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.

      Oqsaroydagi uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

      Shiao Jao samimiy mehmondo‘stlik va g‘oyat muhim ahamiyatga ega konferensiya tashkil etilgani uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik izhor etdi.

(UzA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Oqsaroyda qabul

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyaga jo‘nab ketdi

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 2013-yil 14-aprel kuni rasmiy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi.

      Tashrif asnosida O‘zbekiston va Rossiya davlat rahbarlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar.

Innovatsiyalar taraqqiyotga xizmat qiladi

      Toshkentda VI Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi ochildi

      Innovatsiyalar davlatning muhim strategik resurslaridan biridir. Ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni muvaffaqiyatli hal etish, yangi sanoat va moliya texnologiyalarini joriy etish, innovatsiya-investitsiya infratuzilmasini rivojlantirish, intellektual salohiyatni saqlash va ko‘paytirish, import o‘rnini bosadigan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, valyuta zaxirasini to‘plash ma’lum darajada innovatsiya faoliyati bilan bog‘liqdir.

Mashhur yangiliklar

2013-04-18 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте