Yangilangan sana: 2013-04-14 Ko`rilgan: 1052

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyaga jo‘nab ketdi

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 2013-yil 14-aprel kuni rasmiy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi.

      Tashrif asnosida O‘zbekiston va Rossiya davlat rahbarlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar.

      Tashrif yakunlari bo‘yicha 2013-2017-yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik dasturini, Sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitim hamda ikki davlat Prezidentlari tomonidan 2012-yil 4-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyada belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan boshqa hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

(UzA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekiston Prezidenti Rossiyaga jo‘nab ketdi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Oqsaroyda qabul

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 5-aprel kuni Oqsaroyda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida qatnashish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

Oqsaroyda qabul

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 18-aprel kuni Oqsaroyda “Zamonaviy uy-joy qurilishi – qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini o‘zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Shiao Jaoni qabul qildi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте