Yangilangan sana: 2013-03-29 Ko`rilgan: 1573

"Obod turmush yili" 2013

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori A.Abdullayev, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori o‘rinbosari A.Hamdamov, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Xudoyorov, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Parpiboyeva, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Sh.G‘ulomov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan "Obod turmush yili" Davlat dasturi Vatanimizni har tomonlama obod qilish, xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hamkorligida «Obod turmush yili» Davlat dasturini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining ishtirokiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Unda turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining axborot xizmati rahbarlari, olimlar, ekspertlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Dastur mamlakatimizning joriy yilda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga, aholi farovonligini oshirish, har bir oilada va umuman, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Tinchlik-osoyishtalik, xavfsizlik, millatlararo totuvlik mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni izchil davom ettirish va huquqiy demokratik davlat barpo etish yo‘lida erishayotgan yutuqlarimizning muhim omilidir.

Aholi farovonligi va real daromadlarini, bandlikni oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlikni yanada rivojlantirish, aholiga, avvalo, ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlar va kam ta’minlangan oilalarga davlat tomonidan manzilli himoya va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish «Obod turmush yili» Davlat dasturining muhim yo‘nalishlaridandir.

Davlat dasturi doirasida aholi salomatligini saqlash tizimini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xastaliklarning oldini olishni kengaytirish hamda davolashning ilg‘or texnologiya va uslublarini joriy etish, pirovard natijada fuqarolar, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Anjumanda sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, oila mustahkamligini ta’minlash, xotin-qizlarning oila va jamiyatda tutgan roli va ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi chora-tadbirlar, mahalla instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish, Davlat dasturini amalga oshirishda jamoatchilik nazorati va bunda jurnalist mas’uliyati kabi mavzularda fikr almashildi.

Bunday keng ko‘lamli ishlarni yoritish jurnalistlardan chuqur bilim, muayyan tayyorgarlikni talab etadi. Shu maqsadda O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan jurnalistlarning malaka va mahoratini oshirish, tahririyatlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda, o‘quv seminarlari, anjumanlar o‘tkazilmoqda. Jurnalistlarning bu boradagi intilishlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, tahririyatlarning iqtisodiy erkinligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularda chop etilayotgan materiallar sifati va saviyasini yuksaltirish maqsadida joriy yilda «Jamiyat va men – 2013», «Inson huquqlari – jurnalist nigohida», «E’tirof» singari ijodiy tanlovlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

2013 Obod turmush yili kitoblar va darsliklar O'qituvchi O‘zbekiston Respublikasi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Prezident Islom Karimovning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi

      Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

      Muhtaram mehmonlar!

      Shu kunlarda kattayu kichik barcha yurtdoshlarimiz bag‘rini keng ochib, bahor, yasharish va yangilanish ramzi bo‘lmish Navro‘z ayyomini “Xush kelibsan o‘lkamizga, Navro‘zi olam!” deb, shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

      Shu munavvar tongda siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.

Oqsaroyda qabul

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 5-aprel kuni Oqsaroyda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida qatnashish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте