Yangilangan sana: 2013-03-16 Ko`rilgan: 951

Umumxalq hashari boshlandi

      Hashar – xalqimizning qadimiy va asl qadriyatlaridan. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, bunyodkorlik mujassam.

      Qadimiy va navqiron bayramimiz Navro‘zni nishonlashga qizg‘in taraddud ko‘rilayotgan shu kunlarda bunday ezgu qadriyatlarimiz yanada keng namoyon bo‘lmoqda.

      Bu galgi umumxalq xayriya hashari “Obod turmush yili” Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-martdagi farmoyishi asosida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga hamohang o‘tkazilayotgani uning ko‘lami va ahamiyatini yanada oshiradi.

      Bugun hasharga chiqqan yurtdoshlarimiz mahallalar, ko‘p qavatli binolar, hovlilar atrofini, xiyobonlar, bog‘lar, dam olish maskanlari, ko‘chalar, suv yo‘llarini chiqindilardan tozalashga kirishdilar. Ziyoratgoh va qabristonlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda. Qishloqlarda hovli joylar tartibga keltirilib, ariq-zovurlar tozalanayotir. Ko‘chalar, bog‘lar va tomorqalarga yangi nihollar ekilmoqda. Dehqonlarimiz va bog‘bonlarimiz ko‘klamgi yumushlarni boshlayotir.

      – Tumanimizda umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tmoqda, – deydi Shayxontohur tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi o‘rinbosari Jamoliddin Yusupov. – Xalqimiz erta tongdan ko‘tarinki kayfiyat, yaxshi niyat bilan ish boshladi. Har bir mehnat jamoasi, ta’lim maskani, mahallalarda hududlarni chiqindilardan tozalash, yangi bog‘lar yaratishga kirishildi. Bu xalqimizning bugunidan rozi bo‘lib, ertangi kunga intilib yashayotganining ifodasidir.

      Umumxalq xayriya hashari 17-mart kuni ham davom etadi.

(UzA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Umumxalq hashari boshlandi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigi

      Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar, dilbar qizlarim!

      Tabiat uyg‘onib, tobora chiroy ochayotgan mana shu shukuhli ayyomda siz, azizlarni, sizlar orqali butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.

Prezident Islom Karimovning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi

      Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

      Muhtaram mehmonlar!

      Shu kunlarda kattayu kichik barcha yurtdoshlarimiz bag‘rini keng ochib, bahor, yasharish va yangilanish ramzi bo‘lmish Navro‘z ayyomini “Xush kelibsan o‘lkamizga, Navro‘zi olam!” deb, shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

      Shu munavvar tongda siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте