Yangilangan sana: 2010-05-28 Ko`rilgan: 1031

Akademik Aleksandr Lavrik

      O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi. Matematika sohasidagi yirik olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Aleksandr Fedorovich Lavrik 83 yoshida vafot etdi.

      A.Lavrik 1927 yilda Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyatida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatganidan keyin Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi janglarda ishtirok etdi.

      Urushdan so‘ng Farg‘ona davlat pedagogika institutini tamomlab, Toshkent shahridagi 90-maktabda o‘qituvchi sifatida ish boshladi. 1956 yili Leningrad davlat instituti qoshidagi aspiranturaga o‘qishga kirdi. 1958 yilda nomzodlik, 1967 yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi a’zoligiga saylandi.

      A.Lavrik 1957-1967 yillar davomida Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida kafedra mudiri lavozimida xizmat qildi. Uning keyingi qariyb yarim asrdan ziyod davom etgan ilmiy-pedagogik faoliyati Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti bilan bog‘liq holda kechdi. Bu dargohda kafedra mudiri sifatida ish olib borib, yurtimizda matematika fanini rivojlantirish, yosh kadrlarni tayyorlash ishiga salmoqli hissa qo‘shdi.

      Uning matematika fanining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 100 ga yaqin ilmiy maqolalari, o‘nlab risola va to‘plamlari ilmiy jamoatchilikka yaxshi ma’lum.

      Zahmatkash olim o‘z faoliyati mobaynida 3 nafar fan doktori va o‘ndan ziyod fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qildi.

      Akademik A.Lavrikning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

      Taniqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Aleksandr Lavrikning yorqin xotirasi qalbimizda hamisha saqlanib qoladi.

      I.Karimov, I.Sobirov, D.Toshmuhamedova, SH.Mirziyoyev, A.Aripov, SH.Solihov, M.Salohiddinov

(O'zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Akademik Aleksandr Lavrik

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Sog’lom avlod – yurt tayanchi

      Termiz davlat universitetida «Barkamol avlodni voyaga yetkazishda qulay tabiiy atrof-muhitning o’rni» mavzuida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zbekiston Ekologik harakati deputatlari guruhi, O’zbekiston Ekologik harakati faollari, Fuqarolik jamiyatini o’rganish instituti Surxondaryo mintaqaviy axborot-tahlil markazi, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi xodimlari, Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

      Fan-texnika taraqqiyoti va sanoatning jadal rivojlanishi atrof-muhitga o’z ta’sirini o’tkazib, aholi salomatligiga zarar yetkazayotgani dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda.

Bolalarga atalgan bayram

      Poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

      Badiiy ijodiyot, huquqiy bilimdonlik va sport bayramiga aylangan ushbu tadbir “Sen Yolg’iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligi, Respublika “Mahalla” jamg‘armasi, Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari, Adliya, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi hamkorligida tashkil etildi.

      Tadbirga poytaxtimizda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, serfarzand, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning o‘g‘il-qizlari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda maxsus maktab-internatlar o‘quvchilari taklif etildi.

Mashhur yangiliklar

2015-07-06 Bosma uskuna

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте