Yangilangan sana: 2013-02-20 Ko`rilgan: 919

Oqsaroyda qabul

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 19-fevral kuni Oqsaroyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasining Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha quyi qo‘mitasi raisi Deyna Rorabaxer hamda kongressmenlar Pol Kuk, Ted Po va Brayan Xigginsdan iborat delegatsiyani qabul qildi.

      Amerikalik qonun chiqaruvchilar guruhi mamlakatlarimiz parlamentariylari o‘rtasidagi muntazam muloqotlar doirasida Toshkentda mehmon bo‘lib turibdi.

      Davlatimiz rahbari AQSh Kongressi delegatsiyasi a’zolarini yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, ayni vaqtda mamlakatlarimizning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalarni qamragan hamda milliy manfaatlar inobatga olingan, mushtarak vazifalarni bajarishga qaratilgan istiqbolli ikki tomonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.

      Tomonlar davlatlararo miqyosda va ikki mamlakat ishbilarmonlari doirasida uzoq muddatli O‘zbekiston-AQSh aloqalarini yanada rivojlantirishdan birdek manfaatdor ekanliklarini qayd etib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, ilg‘or texnologiyalar va mavjud resurslarni jalb qilgan holda o‘zaro manfaatli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

      Kongressmenlar samimiy qabul hamda ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik masalalarni konstruktiv ruhda muhokama etish imkoniyati yaratilgani uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik izhor etdilar.

      Uchrashuvda uzoq muddatli va barqaror hamkorlik aloqalarini rivojlantirish ikki davlat va xalqlarimizning tub manfaatlariga mos kelishi ta’kidlandi.

      Mehmonlar, shuningdek, O‘zbekistonning Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash, ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni qaror toptirish borasida ko‘rsatayotgan yordami AQSh tomonidan yuksak qadrlanishini qayd etdilar.

(UzA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Oqsaroyda qabul

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Buyuk shoirga ehtirom

      Shu kunlarda mamlakatimizda buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 572-yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar, adabiy kechalar, ilmiy anjumanlar, mushoiralar o‘tkazilmoqda.

      An’anaga ko‘ra, 9-fevral kuni Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi O‘zbekiston Milliy bog‘ida shoir tavalludining 572-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Qurilish – rivojlanish belgisi

      Buni “O‘zekspomarkaz”da ochilgan yirik “UzBuild” qurilish va interer xalqaro ko‘rgazmasi, “MebelExpo Uzbekistan” va “Aqua-Therm Tashkent” ko‘rgazmalari ham tasdiqlamoqda.

      Tadbirlar ITE Uzbekistan xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning sheriklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Fayz” xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте