Yangilangan sana: 2013-02-12 Ko`rilgan: 1034

Buyuk shoirga ehtirom

      Shu kunlarda mamlakatimizda buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 572-yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar, adabiy kechalar, ilmiy anjumanlar, mushoiralar o‘tkazilmoqda.

      An’anaga ko‘ra, 9-fevral kuni Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi O‘zbekiston Milliy bog‘ida shoir tavalludining 572-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

      Shu munosabat bilan bu yerga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, turli vazirlik va idoralar, ijodiy uyushmalar mutasaddilari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘qituvchilar, mahalla faollari, talaba-yoshlar yig‘ildi.

      O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov, filologiya fanlari doktori, adabiyotshunos olim Shuhrat Sirojiddinov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Eshqobil Shukur va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida buyuk ajdodlarimizning umrboqiy ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganish borasida olib borilayotgan ezgu sa’y-harakatlar milliy adabiyotimizni rivojlantirish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

      Ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ona tilimiz, milliy adabiyotimiz ravnaqida ulug‘ shoir, mutafakkir Alisher Navoiy ijodining ahamiyati beqiyosdir. Мamlakatimizda Navoiy merosini o‘rganish, asarlarini nashr etish, mazmun-mohiyatini keng targ‘ib va tashviq qilish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan bu boradagi ishlar har tomonlama rag‘batlantirilib, shoir asarlari jamlangan yigirma jildlik va o‘n jildlik to‘plamlar xalqimizga taqdim etildi.

      Hozirgi globallashuv davrida Alisher Navoiyning insoniy barkamollik, odob-axloq, beg‘ubor va pokiza tuyg‘ular ulug‘langan asarlari har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda. Shu bois ulug‘ shoirning ijod namunalari jahon xalqlarining ko‘plab tillariga tarjima qilinib, olimlar, keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda.

      Shoir o‘z asarlarida ulug‘lagan yurt ravnaqi, obodligi, osuda va farovon hayot, jamiyatdagi barqarorlik, o‘zaro totuvlik va ahillik, mehr-oqibat muhitini asrab-avaylashdek ezgu g‘oyalar Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan Obod turmush yili mazmun-mohiyati bilan g‘oyat hamohangdir.

      Tadbirda Alisher Navoiy dahosiga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi.

      Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘ydi.

      Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov, Toshkent shahar hokimi R.Usmonov ishtirok etdi.

      * * *

      Shu kuni poytaxtimizdagi Shoirlar xiyobonida Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan mushoira bo‘lib o‘tdi. Unda adabiyot ixlosmandlari, shoir va yozuvchilar, navoiyshunos olimlar, o‘qituvchilar qatnashdi.

      O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, navoiyshunos olim, akademik Aziz Qayumov, filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboyev va boshqalar Navoiyning ijodiy merosi yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik, halollik, poklik kabi fazilatlar ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

      Buyuk shoir tavallud sanasiga bag‘ishlangan adabiy tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlarda bo‘lib o‘tmoqda.

(UzA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Buyuk shoirga ehtirom

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Ishonch yorliqlari topshirildi

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga 5-fevral kuni Oqsaroyda Shveytsariya Konfederatsiyasi, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi, Afg‘oniston Islom Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Nikolya Bryul, Muhammad Nur Usmon Yusuf Balqar, Muhammad Sodiq Daudzay, Guseyn Kuliyev ishonch yorliqlarini topshirdi.

Oqsaroyda qabul

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 19-fevral kuni Oqsaroyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasining Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha quyi qo‘mitasi raisi Deyna Rorabaxer hamda kongressmenlar Pol Kuk, Ted Po va Brayan Xigginsdan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте