Yangilangan sana: 2013-02-05 Ko`rilgan: 943

Ishonch yorliqlari topshirildi

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga 5-fevral kuni Oqsaroyda Shveytsariya Konfederatsiyasi, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi, Afg‘oniston Islom Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Nikolya Bryul, Muhammad Nur Usmon Yusuf Balqar, Muhammad Sodiq Daudzay, Guseyn Kuliyev ishonch yorliqlarini topshirdi.

      Prezidentimiz diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini O‘zbekistonda sharafli va mas’uliyatli vazifani boshlayotgani bilan samimiy qutladi va o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘lidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

      O‘zbekiston bilan Shveytsariya o‘rtasida an’anaviy konstruktiv va o‘zaro manfaatli munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan. Ikki mamlakat ham o‘zaro aloqalarni, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni izchil rivojlantirishdan manfaatdor.

      O‘zbekistonda bugungi kunda Shveytsariya kapitali ishtirokida tuzilgan 82 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yuqori texnologik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.

      Nikolya Bryul o‘zaro munosabatlarni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi va bu borada bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishga tayyor ekanligini qayd etdi.

      O‘zbekiston va Iordaniya turli sohalarda, avvalo Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti singari ko‘p tomonlama tuzilmalar va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik bo‘yicha salmoqli tajriba to‘plagan.

      Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro aloqalarni faollashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

      Iordaniya elchisi Podshohlik rahbariyati jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirlariga qaramasdan ishonchli tarzda barqaror rivojlanayotgan O‘zbekiston bilan aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor berayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston izchil taraqqiy etayotgani o‘zaro munosabatlarni turli sohalarda rivojlantirishda yangi imkoniyatlar ochayotganini qayd etdi.

      Afg‘oniston elchisi bilan suhbat chog‘ida ta’kidlanganidek, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik rishtalari, ko‘p asrlik yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro yordam an’analari bugungi kunda O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

      O‘zbekiston Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashda hamisha muhim o‘rin tutib kelgan va tutmoqda. O‘zbekiston ishtirokida Hayraton – Mozori sharif temir yo‘li qurildi va undan samarali foydalanilmoqda, boshqa infratuzilma loyihalari amalga oshirildi. Afg‘onistonning shimoliy hududlariga, Kobul shahriga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

      Muhammad Daudzay O‘zbekistonning Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash borasidagi yordami Afg‘onistonda chuqur minnatdorlik bilan qabul qilinayotganini alohida ta’kidladi. Afg‘oniston O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni chuqurlashtirishga alohida ahamiyat qaratayotganini, bugungi kunda mamlakatimiz ishtirokisiz mintaqaviy muammolarni konstruktiv va adolatli hal qilishni tasavvur etish qiyin ekanligini qayd qildi.

      Ozarbayjon Respublikasi elchisi bilan muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligi deyarli barcha yo‘nalishlarda izchil va muvaffaqiyatli rivojlanayotgani ta’kidlandi. Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uchrashuvlar ikki tomonlama hamkorlikka doir va jahon miqyosidagi dolzarb masalalarni ochiq muhokama qilish imkonini bermoqda.

      O‘zbekiston Prezidentining 2012-yil oktabr oyida Ozarbayjonga rasmiy tashrifi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik ravnaqiga yangi sur’at baxsh etdi.

      Guseyn Kuliyev avvalambor davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik borasida to‘plangan tajribani yanada boyitish, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiluvchi yangi qo‘shma loyihalar va kelishuvlarni izchil hayotga tatbiq etishni o‘zining elchi sifatidagi muhim vazifasi deb bilishini ta’kidladi.

(UzA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Ishonch yorliqlari topshirildi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axboroti

      O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy va milliy tajribani chuqur tahlil etib, 2013-yilning 1-fevralidan boshlab respublika aholisiga chet el valyutasini sotishning takomillashtirilgan tartibi joriy qilinayotganini xabar qiladi.

      Ushbu tartib xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan, shuningdek, mamlakatimizda ham o‘z ijobiy jihatlarini ko‘rsatgan jismoniy shaxslarga chet el valyutasini xalqaro to‘lov kartochkasidan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda sotish usulini qo‘llashni kengaytirishni nazarda tutadi.

      O‘zbekistonda bunday operatsiyalar 1994-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizning yigirmadan ortiq vakolatli tijorat banki tomonidan xalqaro to‘lov kartochkalari muomalaga chiqarilmoqda hamda ulardan 233 mingdan ortiq jismoniy shaxslar keng foydalanmoqda.

      O‘zbekistondagi barcha tijorat banklari “VISA International”, “MasterCard” va boshqa nufuzli xalqaro to‘lov tizimlarining to‘laqonli a’zosi hisoblanib, ular real vaqt rejimidagi banklararo to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi “SVIFT” xalqaro tizimiga ulangan.

Buyuk shoirga ehtirom

      Shu kunlarda mamlakatimizda buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 572-yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar, adabiy kechalar, ilmiy anjumanlar, mushoiralar o‘tkazilmoqda.

      An’anaga ko‘ra, 9-fevral kuni Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi O‘zbekiston Milliy bog‘ida shoir tavalludining 572-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте