Yangilangan sana: 2010-05-22 Ko`rilgan: 2136

Sog’lom avlod – yurt tayanchi

      Termiz davlat universitetida «Barkamol avlodni voyaga yetkazishda qulay tabiiy atrof-muhitning o’rni» mavzuida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zbekiston Ekologik harakati deputatlari guruhi, O’zbekiston Ekologik harakati faollari, Fuqarolik jamiyatini o’rganish instituti Surxondaryo mintaqaviy axborot-tahlil markazi, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi xodimlari, Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

      Fan-texnika taraqqiyoti va sanoatning jadal rivojlanishi atrof-muhitga o’z ta’sirini o’tkazib, aholi salomatligiga zarar yetkazayotgani dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda.

      Ayni vaqtda Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda atrof-muhit musaffoligini saqlash, ekologik muammolarni bartaraf etish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda atrof-muhit musaffoligini, o’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish qonun bilan mustahkamlangan.

      Zamonaviy korxonalar barpo etish, mavjud sanoat korxonalarini texnik va texnologik qayta qurish, ekologik sof mahsulot ishlab chiqarish, tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash va qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotir. Bu tadbirlar zamirida aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, navqiron avlodning har tomonlama sog’lom voyaga yetishi uchun shart-sharoitlarni kengaytirish maqsadi mujassam.

      Jamiyat ravnaqida yoshlar hal qiluvchi kuch hisoblanadi. Tabiatni asrash, inson salomatligini muhofaza qilish, boy tabiiy resurslarni oqilona sarflash hamda ekologik xavfsizlikni barqarorlashtirishga yo’naltirilgan islohotlarni samarali amalga oshirishda, sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etishda yoshlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatidan foydalanish taraqqiyot uchun xizmat qiladi. Shu maqsadda ekologik madaniyatni shakllantirishni oiladan boshlash, ta’lim tizimida ekologiya, ekologik huquq kabi fanlarni chuqur o’rgatish yo’lga qo’yilgani e’tirofga molikdir. Bu esa o’g’il-qizlarda atrof-muhit va inson salomatligi muhofazasiga mas’uliyat bilan yondashish ko’nikmalarini shakllantirishda, ularni Vatanga, yurtimizning o’simlik va hayvonot dunyosiga, boshqa tabiiy boyliklarga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim omil bo’layotir.

      Surxondaryo viloyatida joriy yilning o’tgan davrida qishloq vrachlik punktlari «Salomatlik-2» loyihasi doirasida ikki milliard so’mlik zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. Mavjud tug’ruq majmualari qayta ta’mirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Joylardagi tez tibbiy yordam bo’limlarida shifokorlar va bemorlar uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda.

      Shu bilan birga vohada yoshlarning endokrin, buyrak, kamqonlik, flyuroz-tish kasalliklariga chalinayotgani qayd etilmoqda. Bu kasalliklar Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy, Sho’rchi tumanlarida ko’proq kuzatilayotir. Bu viloyatning atrof-muhit musaffoligiga transchegaraviy ekologik muammolar ta’sir o’tkazayotganidan dalolat beradi.

      Uzun tumanida uch shifoxona, 18 qishloq vrachlik punkti, ikkita qishloq uchastka shifoxonasi, bitta ko’p tarmoqli poliklinika aholiga tibbiy xizmat ko’rsatmoqda. Tibbiyot muassasalarida «Barkamol avlod yili» Davlat dasturiga muvofiq tumandagi 65 maktabning 28 ming 158 nafar o’quvchisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Kasallik aniqlangan o’g’il-qizlarni sog’lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.

      – Kasalliklarni erta aniqlash va o’z vaqtida davolash uchun tibbiyot muassasalarimizda shart-sharoit yetarli, – deydi Uzun tumani tibbiyot birlashmasi boshlig’i o’rinbosari Saida Haitova. – Bu ishga eng tajribali shifokorlar jalb etilgan. Shuningdek, fertil yoshdagi ayollarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish jarayonida uchrayotgan ekstragenital kasalliklarni davolash ham samarali amalga oshirilmoqda.

      Davra suhbatida shular xususida atroflicha so’z yuritildi. Aholining ekologik madaniyatini yanada yuksaltirish, viloyatdagi mavjud ekologik muammolarni hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

(O'zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Sog’lom avlod – yurt tayanchi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Oila – muqaddas dargoh

      Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barkamol avlodni voyaga yetkazish, jamiyatimizdagi mehr-oqibat, saxovat va muruvvat, tinchlik, ahillik va osoyishtalik muhitini mustahkamlashda oilalar manfaatini har jihatdan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Akademik Aleksandr Lavrik

      O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi. Matematika sohasidagi yirik olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Aleksandr Fedorovich Lavrik 83 yoshida vafot etdi.

      A.Lavrik 1927 yilda Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyatida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatganidan keyin Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi janglarda ishtirok etdi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте