Yangilangan sana: 2012-12-20 Ko`rilgan: 1069

Bayram taraddudi qizg‘in

      Yangi yil bayrami tobora yaqinlashmoqda. Yurtimizning shahar va qishloqlarida, korxona va tashkilotlarda, xonadonlarda ushbu bayramga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Joriy yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusi yil vazifalari belgilanmoqda.

      Samarqand viloyatida ham bayramni yuqori saviyada nishonlash maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilanib, tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

      – Viloyatimizda tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limlari tomonidan Yangi yil bayramiga bag‘ishlab tayyorlangan maxsus madaniy tadbirlar boshlab yuborildi, – deydi viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rita Mahmudova. – Samarqand shahridagi o‘nga yaqin istirohat bog‘lari va xiyobonlarda, barcha tuman markazlarida o‘rnatilgan archalar atrofida maxsus sahnalar qurilib, konsert va badiiy dasturlar namoyish etilmoqda. Bu tadbirlarga viloyatdagi teatr va badiiy jamoalar, folklor-etnografik ansambllar jalb qilindi. Bayram dasturlarida yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz hayotidagi yangilanish va o‘zgarishlar, jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oilalarni har tomonlama mustahkamlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar o‘z ifodasini topgan.

      Yangi yil bayrami munosabati bilan belgilangan chora-tadbirlarimizda viloyatdagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari, Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, xizmat burchini o‘tash chog‘ida vafot etgan harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot idoralari xodimlarining hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlarining bayram tadbirlarida, teatrlashtirilgan tomoshalarda ishtirok etishini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Ushbu tadbirlarda mamlakatimizda hech bir farzandning davlat va jamiyat e’tiboridan chetda emasligi, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag‘rikenglik fazilatlari yana bir bor yorqin namoyon bo‘ladi.

      Bayram dasturxoni to‘kin-sochinligini ta’minlash, ayniqsa, shahar aholisi uchun arzon narxlarda yuqori sifatli meva-sabzavot, go‘sht va parranda mahsulotlari yetkazib berish maqsadida shahar va tumanlar markazlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdo-yarmarkalari tashkil etilmoqda. Ularning har biriga viloyatdagi agrofirma va fermer xo‘jaliklari biriktirilib, har kuni belgilangan miqdordagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yetkazilishi ta’minlanmoqda.

      – Har yili bayram dasturxoni uchun mahsulotlarni shahrimizning Pochta ko‘chasida tashkil etiladigan savdo yarmarkasidan xarid qilamiz, – deydi Burhon Sohibov. – Bu yerda asosan dehqon va bog‘bonlarning o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarni keltirib, bozordagidan arzon narxlarda sotishlari aholi uchun ancha qulaylik yaratadi. Buning uchun tashkilotchilardan minnatdormiz.

      Viloyatda Yangi yil bayrami oldidan “Samarqand nonlari”, “Sharq shirinliklari” va “Milliy taomlar” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylanmoqda. Xalqimizning o‘ziga xos pazandalik va novvoylik mahorati ko‘rigiga aylangan mazkur tanlov ayni kunlarda shahar va tumanlarda bo‘lib o‘tmoqda. Yangi yil bayrami arafasida tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazilib, unda har bir hududning o‘ziga xos taom tayyorlash an’analari namoyish etiladi.

      Bayram tadbirlarining tinch-osoyishta o‘tishini ta’minlash borasida viloyat ichki ishlar idoralari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan tezkor-profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Bunda bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maskanlar, aholi xonadonlarining xavfsizligini, jumladan, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va barcha korxona, tashkilotlarda tungi navbatchilikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etilib, bayramni uyushqoqlik bilan o‘tkazish choralari ko‘rilayotir.

     

(UzA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Bayram taraddudi qizg‘in

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Nodavlat notijorat tashkilotlari forumi

      O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Toshkent shahri va viloyati bo‘limlari hamkorligida nodavlat notijorat tashkilotlarining forumi tashkil etildi.

Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat asosi

      O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda «Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat asosi» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

      Unda senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, xorijlik olimlar va mutaxassislar, shifokorlar, mahalla va xotin-qizlar qo‘mitalari faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar ishtirok etdi.

Mashhur yangiliklar

2013-04-05 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте