Yangilangan sana: 2012-12-13 Ko`rilgan: 985

Nodavlat notijorat tashkilotlari forumi

      O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Toshkent shahri va viloyati bo‘limlari hamkorligida nodavlat notijorat tashkilotlarining forumi tashkil etildi.

      Tadbirda ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarni yechish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik sub’ektlari bilan davlat organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

      Mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari roli va ahamiyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlari qabul qilindi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

      Forumda nodavlat notijorat tashkilotlarining joylarda davlat dasturlarini amalga oshirishdagi ishtirokini kuchaytirishga, hududdagi ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni yechishda davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik mexanizmini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

      Tadbir doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

     

(UzA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Nodavlat notijorat tashkilotlari forumi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida

      5 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi ochiladi.

      4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ishchi guruh rahbarining bo‘lajak yalpi majlisni o‘tkazishga tayyorgarlik to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Bayram taraddudi qizg‘in

      Yangi yil bayrami tobora yaqinlashmoqda. Yurtimizning shahar va qishloqlarida, korxona va tashkilotlarda, xonadonlarda ushbu bayramga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Joriy yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusi yil vazifalari belgilanmoqda.

      Samarqand viloyatida ham bayramni yuqori saviyada nishonlash maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilanib, tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте