Yangilangan sana: 2012-11-26 Ko`rilgan: 976

Oila va bolalik – ishonchli himoyada

      Poytaxtimizda oila va bolalikni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining ma’naviy asoslari mavzuida xalqaro forum boshlandi.

      Forum Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen Yolg'iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi, YUNISEF va YUNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

      Unda senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari rahbarlari, bir qator xorij mamlakatlarining mutaxassislari, pedagoglar, huquqshunoslar, shifokorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

      O‘zbekiston Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakili, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hamda “Sen Yolg'iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi Vasiylik kengashi raisi L.Karimova-Tillayeva, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi T.Norboyeva, Bosh prokuror o‘rinbosari A.Sharafiddinov, xalq ta’limi vaziri T.Shirinov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri B.Hodiyev, sog‘liqni saqlash vaziri A.Alimov, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.Haitov va boshqalar bolalarga mehribonlik qilish, onalarni e’zozlash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan ekanini, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar zamirida bunday ezgu an’analarimiz mujassam bo‘lib, istiqlol yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyib borayotganini ta’kidladi.

      Mamlakatimizda “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” tamoyilini ro‘yobga chiqarish, barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi tom ma’noda umummilliy harakatga aylangan. Xalqimizning sog‘lom va munosib hayot kechirishini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jismoniy va ma’naviy sog‘lom yosh avlodni tarbiyalash, sportni rivojlantirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

      Forumda YUNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Jan-Mishel Delmot, BMT Taraqqiyot dasturining yurtimizdagi doimiy vakili o‘rinbosari Yako Silliyers, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat, Isroilning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Xillel Nyuman O‘zbekistonda oilalar farovonligini ta’minlash, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofazalashga oid milliy model xalqaro miqyosda ham e’tirof etilayotganini ta’kidladi.

      “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirish jarayonida bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengaydi va samaradorligi ortdi. Jamiyatimizning ma’naviy negizlarini yanada mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishga yo‘naltirilgan tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

      Homilador ayollarni skrining tekshiruvi bilan to‘liq qamrab olish, bolalarni xavfli yuqumli xastaliklarga qarshi emlash, yoshlarning tibbiy madaniyatini yuksaltirishga oid chora-tadbirlar bolalikdan nogironlik, tug‘ma va irsiy xastaliklarning oldini olish imkonini bermoqda. “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamiyatimizda yuksak ma’naviy muhitni qaror toptirish, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

      O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida barcha mahallada “Ota-onalar universiteti” tashkil etilgan. Farzand tarbiyasining huquqiy, psixologik, ijtimoiy jihatlarini ota-onalarga atroflicha tushuntirish, zarur maslahat ko‘magini ko‘rsatishda ushbu jamoat tuzilmalari muhim o‘rin tutayotir.

      Mamlakatimizda millati, ijtimoiy holatidan qat’i nazar, barcha bolalarni kuchli va manzilli tarzda ijtimoiy himoyalashga oid amaliy chora-tadbirlar jarayonida Mehribonlik uylari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularda tarbiyalanayotgan bolalarning to‘laqonli ta’lim-tarbiya olishi va kasb-hunar egallashiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

      “Sen Yolg'iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tomonidan ehtiyojmand oilalar farzandlari, murakkab taqdirli bolalar salomatligini mustahkamlash, ularning huquq va manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, jamiyatga integratsiyalashuviga yordamlashish kabi masalalarga ustuvor vazifa sifatida e’tibor berilmoqda. Kam ta’minlangan oilalar farzandlari, alohida ehtiyojli bolalarning yurak, umurtqa pog‘onasi, ko‘z, quloq, yuz, lab-tanglay qismidagi nuqsonlar jarrohlik yo‘li bilan davolanayotir. Tug‘ma xasta bolalar uchun korreksion-davolash kurslari, tibbiy ko‘riklar o‘tkazilib, ota-onalarga ijtimoiy, huquqiy, ma’naviy va ruhiy ko‘mak berilmoqda.

      Bunday tizimli ishlar xalqaro miqyosda ham namuna olishga arzigulik tajriba sifatida e’tirof etilmoqda.

      – O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” dasturi ayolni homiladorlikka tayyorlashdan bola kamolga yetguncha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oladi va buning uchun sarflangan sarmoya jamiyatda muvozanatni ta’minlovchi muhim omil bo‘lmoqda, – deydi Ukrainadagi “Har bir bola bilan hamkorlik” xalqaro xayriya fondi menejeri Larisa Striga. – Xalqaro forum doirasida mamlakatingizda bu borada erishilayotgan yutuqlar bilan atroflicha tanishdik. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh etishning muhim yo‘nalishlari, O‘zbekistonning bu boradagi tajribasi chuqur o‘rganildi va bu bizning kelgusi faoliyatimizda muhim o‘rin tutadi.

      Xorijlik mutaxassislar O‘zbekistonda barkamol avlodni tarbiyalash, onalik va bolalik manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa, ota-ona mehridan bebahra qolgan bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, ularni farzandlikka olish, oilalarga har taraflama ko‘mak berishga oid ezgu sa’y-harakatlar kuchli ijtimoiy yo‘naltirilganini, aniq va manzilli tarzda amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi. O‘zbekistonning bu boradagi tajribasi ko‘pgina mamlakatlar uchun o‘rnak bo‘lishi mumkin. Bunda xalqning milliy mentaliteti inobatga olinayotgani, ma’naviy-axloqiy masalalarga alohida va jiddiy yondashilayotgani ijobiy natijalar berayotgani qayd etildi.

      Forumning seksiyalar yig‘ilishlarida onalik va bolalikni ijtimoiy himoyalash – bolalar, yoshlar kelajagi, oilalar farovonligini ta’minlashning asosi, yosh avlod, oila, onalik muhofazasining huquqiy-me’yoriy, psixologik-pedagogik va tibbiy-reabilitatsion jihatlari, alohida ehtiyojli bolalarning jamiyatga integratsiyalashuvini milliy qadriyatlar asosida takomillashtirish, oilani mustahkamlashning ma’naviy asoslari kabi masalalar atroflicha muhokama etildi.

      Forumning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov so‘zga chiqdi.

     

(UzA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Oila va bolalik – ishonchli himoyada

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Chempion so‘nggi turda aniqlanadi

      Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXI milliy chempionati oliy ligasida mamlakat chempioni va sovrindorlari so‘nggi turda aniqlanadigan bo‘ldi.

      “Paxtakor” futbolchilari “Olmaliq” maydonida o‘tkazilgan 25-tur uchrashuvini ham o‘z foydasiga hal qildi. Sherzod Karimovning “dubl”i va Temurxo‘ja Abduxoliqovning bir goli evaziga yirik hisobda g‘alaba qozongan “paxtakorchi”lar ochkolari sonini 56 taga yetkazib oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida

      5 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi ochiladi.

      4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ishchi guruh rahbarining bo‘lajak yalpi majlisni o‘tkazishga tayyorgarlik to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте