Yangilangan sana: 2012-11-19 Ko`rilgan: 973

Chempion so‘nggi turda aniqlanadi

      Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXI milliy chempionati oliy ligasida mamlakat chempioni va sovrindorlari so‘nggi turda aniqlanadigan bo‘ldi.

      “Paxtakor” futbolchilari “Olmaliq” maydonida o‘tkazilgan 25-tur uchrashuvini ham o‘z foydasiga hal qildi. Sherzod Karimovning “dubl”i va Temurxo‘ja Abduxoliqovning bir goli evaziga yirik hisobda g‘alaba qozongan “paxtakorchi”lar ochkolari sonini 56 taga yetkazib oldi.

      Endi “Paxtakor” 21-noyabrda o‘tkaziladigan oxirgi turda o‘z maydonida “Buxoro”ni yengsa, to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng yana chempion bo‘ladi.

      Amaldagi chempion – “Bunyodkor” esa ta’qibni davom ettirmoqda. Bu gal Mirjalol Qosimov shogirdlari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Qizilqum” darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi va o‘zidan ikki ochko ilgarilab ketgan “Paxtakor”ning muddatidan oldin chempion bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi.

      Turning markaziy uchrashuvi Qarshida bo‘ldi. Yil davomida chempionlikka da’vogarlik qilgan “Nasaf” futbolchilari oxirida bronza medalni ham deyarli qo‘ldan chiqardi. Ular o‘z maydonida uchinchi o‘rin uchun asosiy raqobatchisi – “Lokomotiv”ga 0:2 hisobida yutqazdi. Jora Oganesyan va Zayniddin Tojiyevning gollari “temiryo‘lchilar”ni uchinchi pog‘onaga olib chiqdi. So‘nggi turda “Sho‘rtan”ni qabul qiladigan “Lokomotiv” o‘z tarixida dastlabki sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin.

      Autsayderlar raqobatida “Metallurg” futbolchilari Bekobodda “Mash’al”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oliy ligadagi o‘rnini saqlab qoldi. Muborakliklar esa hamon quyi ligaga tushib ketadigan 13-pog‘onada. “Navbahor” jamoasi “Sho‘rtan” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynaganiga qaramay, xavfli zonadan uzoqlasha olmadi.

      “Dinamo” – “Neftchi” va “Buxoro” – “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi bellashuvlarda mezbonlar bir xil – 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

     

(UzA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Chempion so‘nggi turda aniqlanadi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Yoshlarimiz – jahon chempionatida to‘p suradi

      Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan Osiyo chempionatida yarim finalga chiqdi va kelasi yili Turkiyada bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Oila va bolalik – ishonchli himoyada

      Poytaxtimizda oila va bolalikni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining ma’naviy asoslari mavzuida xalqaro forum boshlandi.

      Forum Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen Yolg'iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi, YUNISEF va YUNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте