Yangilangan sana: 2012-11-13 Ko`rilgan: 966

Yoshlarimiz – jahon chempionatida to‘p suradi

      Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan Osiyo chempionatida yarim finalga chiqdi va kelasi yili Turkiyada bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

      Futbolchilarimiz chorak final uchrashuvida Suriya yoshlar terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi – 2:2. Terma jamoamiz gollariga Igor Sergeyev va Ixtiyor Toshpo‘latov mualliflik qildi.

      Asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmagach, qoidaga ko‘ra, qo‘shimcha vaqt belgilandi. Unda ham hisob o‘zgarmadi va g‘olib jamoa penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotereyasida 3 :0 hisobida zafar quchgan terma jamoamiz yarim finalga yo‘llanma oldi.

     

(UzA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Yoshlarimiz – jahon chempionatida to‘p suradi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Buyuk Britaniya delegatsiyasining uchrashuvlari

      Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Buyuk Britaniya parlamentining “Britaniya-O‘zbekiston” umumpartiyaviy guruhi raisi, lord Jon Veyverli 5-noyabr kuni Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida bo‘lib, mazkur oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi.

Chempion so‘nggi turda aniqlanadi

      Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXI milliy chempionati oliy ligasida mamlakat chempioni va sovrindorlari so‘nggi turda aniqlanadigan bo‘ldi.

      “Paxtakor” futbolchilari “Olmaliq” maydonida o‘tkazilgan 25-tur uchrashuvini ham o‘z foydasiga hal qildi. Sherzod Karimovning “dubl”i va Temurxo‘ja Abduxoliqovning bir goli evaziga yirik hisobda g‘alaba qozongan “paxtakorchi”lar ochkolari sonini 56 taga yetkazib oldi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте