Yangilangan sana: 2012-11-05 Ko`rilgan: 962

Buyuk Britaniya delegatsiyasining uchrashuvlari

      Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Buyuk Britaniya parlamentining “Britaniya-O‘zbekiston” umumpartiyaviy guruhi raisi, lord Jon Veyverli 5-noyabr kuni Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida bo‘lib, mazkur oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi.

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning qaroriga muvofiq 2002-yilda tashkil etilgan ushbu oliy o‘quv yurti O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikning amaldagi namunasidir.

      Mamlakatimizda yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yoshlarning har tomonlama komil insonlar bo‘lib yetishishi uchun zarur shart-sharoit yaratish, oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotir.

      Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti bakalavr yo‘nalishida biznes boshqaruvi, iqtisodiyot va moliya, xalqaro tijorat huquqi va biznesda axborot tizimlari, magistratura yo‘nalishida esa xalqaro biznes va menejment bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bu yerda barcha o‘quv fanlariga oid auditoriyalar, axborot-resurs markazi, multimedia studiyasi talabalarning puxta bilim olishiga xizmat qilmoqda. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda universitetda tashkil etilgan kasbga yo‘naltirish markazi tomonidan turli idora va tashkilotlar, kompaniyalar bilan hamkorlikning keng yo‘lga qo‘yilgani yaxshi samara bermoqda.

      Jon Veyverli universitetdagi o‘quv tizimiga, talabalarning puxta bilim olishi uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarga yuksak baho berdi. O‘zbekistonda barcha sohalarda, jumladan gumanitar sohada ham ulkan muvaffaqiyatlarga erishilayotganini alohida ta’kidladi.

      Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida Buyuk Britaniya parlamenti faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli filmning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

      Buyuk Britaniya parlamentining “Britaniya-O‘zbekiston” umumpartiyaviy guruhi raisi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan ham uchrashdi. Universitet faoliyati, o‘quv jarayoni, ta’lim tizimi bilan tanishdi.

     

(UzA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Buyuk Britaniya delegatsiyasining uchrashuvlari

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Yangi qo‘shma korxona ishga tushdi

      Farg‘ona shahrida Asakadagi “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasiga butlovchi qismlar yetkazib beradigan “UZSUNGWOO” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.

      Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, xorij investitsiyalarini jalb etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Mahalliylashtirish dasturining izchil joriy etilishi mamlakatimizda mavjud xomashyo negizida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini bermoqda. Mazkur yirik loyiha ham ana shu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomidir.

Yoshlarimiz – jahon chempionatida to‘p suradi

      Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan Osiyo chempionatida yarim finalga chiqdi va kelasi yili Turkiyada bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте