Yangilangan sana: 2010-05-17 Ko`rilgan: 1406

Oila – muqaddas dargoh

      Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barkamol avlodni voyaga yetkazish, jamiyatimizdagi mehr-oqibat, saxovat va muruvvat, tinchlik, ahillik va osoyishtalik muhitini mustahkamlashda oilalar manfaatini har jihatdan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

      Poytaxtimizdagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida – Xalqaro oila kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Oila – muqaddas dargoh” mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy anjumanda shular haqida so‘z bordi.

      Toshkent shahar hokimligi va shahar xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirga mahallalar, xotin-qizlar qo‘mitalari faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, poytaxtimizdagi ibratli oilalar, jamoat tashkilotlari vakillari taklif etildi.

      Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Farida Abdurahimova Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jamiyat hayotining barcha sohalarida izchillik bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar jarayonida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash, bunda oila, onalik va bolalik manfaatlarini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

      Davlatimiz rahbarining 2007 yil 18 mayda qabul qilingan “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Farmonga ko‘ra, mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘ygan, kam ta’minlangan, serfarzand oilalarga aniq va manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlarini barpo etish, yoshlarni kichik biznes va tadbirkorlikka jalb etish, ular uchun imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

      “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida yosh oilalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning huquqiy va ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, sog‘lom va mustahkam oila qaror topishi uchun sharoit yaratishga oid ibratli ishlar hajmi yanada ortdi. Bu jihatlar poytaxtimizda istiqomat qilayotgan oilalar hayotida ham ifodasini topmoqda. Toshkent shahar hokimligi va shahar xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida hayotga tatbiq etilayotgan qator ijtimoiy loyihalar samarasida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, tibbiy madaniyatini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlarini barpo etish, kasanachilikni rivojlantirish, yosh oilalar uchun mikrokreditlar ajratish, oilaviy ajrimlarning oldini olishga katta e’tibor qaratilmoqda.

      – Insondagi barcha fazilatlar dastlab oila muhitida shakllanadi, – deydi Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi “Yangiobod” mahallasining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Manzuraxon Valiyeva. – Shu bois mahallamizda yashovchi ikki ming uch yuz oilaning holidan xabardor bo‘lish, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish barobarida yoshlarimizni millatimizga yot va zararli g‘oyalar ta’siridan asrashga, ularning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va mazmunli tashkil etishga e’tiborni kuchaytiryapmiz. Bunda oila-maktab-mahalla hamkorligi yaxshi samara bermoqda.

      Anjumanda Toshkent shahridagi eng ibratli oilalarga esdalik sovg‘alari topshirilib, san’at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokida konsert namoyish etildi.

(O'zА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Oila – muqaddas dargoh

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Elektron kutubxona majmui ochildi

      O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qoshidagi Respublika axborot-kutubxona markazida Koreya Respublikasi granti asosida tashkil etilgan ilmiy-texnik adabiyotlar elektron kutubxona majmuining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Sog’lom avlod – yurt tayanchi

      Termiz davlat universitetida «Barkamol avlodni voyaga yetkazishda qulay tabiiy atrof-muhitning o’rni» mavzuida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zbekiston Ekologik harakati deputatlari guruhi, O’zbekiston Ekologik harakati faollari, Fuqarolik jamiyatini o’rganish instituti Surxondaryo mintaqaviy axborot-tahlil markazi, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi xodimlari, Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

      Fan-texnika taraqqiyoti va sanoatning jadal rivojlanishi atrof-muhitga o’z ta’sirini o’tkazib, aholi salomatligiga zarar yetkazayotgani dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте