Yangilangan sana: 2012-10-30 Ko`rilgan: 1226

Yangi qo‘shma korxona ishga tushdi

      Farg‘ona shahrida Asakadagi “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasiga butlovchi qismlar yetkazib beradigan “UZSUNGWOO” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.

      Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, xorij investitsiyalarini jalb etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Mahalliylashtirish dasturining izchil joriy etilishi mamlakatimizda mavjud xomashyo negizida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini bermoqda. Mazkur yirik loyiha ham ana shu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomidir.

      Qo‘shma korxonaning ochilishida davlatimiz rahbari tomonidan asos solingan O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining ramziga aylangani ta’kidlandi.

      “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, Koreyaning “Sungwoo hitch Co.LTD” hamda “I-Zone. Co.LTD” kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan mazkur korxonaga 47,8 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Zamonaviy texnologiyalar asosida bu yerda yangi rusumdagi avtomobillar uchun butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.

      – Korxonamizda “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan “Chevrolet Cobalt” avtomobili uchun 180 turdan ortiq butlovchi qismlar ishlab chiqariladi, – deydi qo‘shma korxona bosh direktori o‘rinbosari Kozimjon Akbarov. – Bu yerda o‘rnatilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida yiliga 120 000 avtomobil komponentlarini ishlab chiqarish mumkin.

      Mazkur qo‘shma korxonada 453 yangi ish o‘rni yaratildi. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida yiliga 82,7 million AQSh dollari miqdorida mahsulot ishlab chiqarilib, 25 million dollar miqdoridagi valyuta tejalishiga erishiladi.

     

(UzA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Yangi qo‘shma korxona ishga tushdi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

      Muborak Qurbon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash, fuqarolarning hamjihatligi va mehr-oqibatini mustahkamlash, ularning ruhiy va ma’naviy olamini yanada yuksaltirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram – Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida"gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:

Buyuk Britaniya delegatsiyasining uchrashuvlari

      Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Buyuk Britaniya parlamentining “Britaniya-O‘zbekiston” umumpartiyaviy guruhi raisi, lord Jon Veyverli 5-noyabr kuni Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida bo‘lib, mazkur oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi.

Mashhur yangiliklar

2017-02-24 Sadoqatli do`st

2015-07-06 Bosma uskuna

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте