Yangilangan sana: 2012-10-22 Ko`rilgan: 957

Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

      Muborak Qurbon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash, fuqarolarning hamjihatligi va mehr-oqibatini mustahkamlash, ularning ruhiy va ma’naviy olamini yanada yuksaltirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram – Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida"gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:

      1. 2012-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 26-oktabr juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, 2012-yil 26-oktabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.

      2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari va boshqa barcha mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

      3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga bayram tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

      Toshkent shahri, 2012-yil 22-oktabr

     

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekiston matbuoti namoyishi

      2012 yilning 10—12 oktabr kunlari Toshkent shahrining «Uzkspotsentr» ko‘zgazmalar markazida ikkinchi «O‘zbekiston matbuoti» Milliy ko‘rgazmasi va o‘n to‘rtinchi «O‘ZBEKinPRINT», «O‘ZUPACK» va «O‘ZREKLAMA» Xalqaro ko‘rgazmalari o‘tkazildi.

      Xalqaro ko‘rgazmalarning «O‘zbekiston matbuoti» Milliy ko‘rgazmasi bilan ikkinchi marta bitta ko‘rgazma maydonida o‘tkazilishi turdosh tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarining dinamik taraqqiyoti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kuchaytiruvchi xayrli an’analarning vujudga kelayotganligidan darak beradi. Bunday aloqalar, albatta, yangi texnologiyalar, materiallar va uskunalarni amalga tatbiq etish borasida nashriyot-matbaa sohasining kundan-kunga oshib borayotgan imkoniyatlari bilan o‘zaro bog‘liqdir.

Yangi qo‘shma korxona ishga tushdi

      Farg‘ona shahrida Asakadagi “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasiga butlovchi qismlar yetkazib beradigan “UZSUNGWOO” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.

      Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, xorij investitsiyalarini jalb etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Mahalliylashtirish dasturining izchil joriy etilishi mamlakatimizda mavjud xomashyo negizida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini bermoqda. Mazkur yirik loyiha ham ana shu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomidir.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте