Yangilangan sana: 2012-10-15 Ko`rilgan: 992

O‘zbekiston matbuoti namoyishi

      2012 yilning 10—12 oktabr kunlari Toshkent shahrining «Uzkspotsentr» ko‘zgazmalar markazida ikkinchi «O‘zbekiston matbuoti» Milliy ko‘rgazmasi va o‘n to‘rtinchi «O‘ZBEKinPRINT», «O‘ZUPACK» va «O‘ZREKLAMA» Xalqaro ko‘rgazmalari o‘tkazildi.

      Xalqaro ko‘rgazmalarning «O‘zbekiston matbuoti» Milliy ko‘rgazmasi bilan ikkinchi marta bitta ko‘rgazma maydonida o‘tkazilishi turdosh tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarining dinamik taraqqiyoti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kuchaytiruvchi xayrli an’analarning vujudga kelayotganligidan darak beradi. Bunday aloqalar, albatta, yangi texnologiyalar, materiallar va uskunalarni amalga tatbiq etish borasida nashriyot-matbaa sohasining kundan-kunga oshib borayotgan imkoniyatlari bilan o‘zaro bog‘liqdir. O‘tgan yillar davomida Respublikamizda axborot sohasida fuqarolarning erkinlik va huquqlarini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari (OAV) va noshirlik faoliyatini yanada liberallashtirish, shuningdek, ularni tadrijiy hamda erkin taraqqiy ettirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

      Shakllangan, demokratik talablar va standartlarga javob beradigan, doimo mustahkamlanib, zamonaviylashib boruvchi OAVni rivojlantirishning qonuniy bazasi barpo etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan bayon qilingan mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konsepsiyasiga muvofiq mamlakat OAVni rivojlantirishning umuman yangi bosqichi uchun qonuniy asos yaratishga qaratilgan uchta yangi qonun va bir necha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish ko‘zda tutilgan.

      Shu munosabat bilan ta’kidlash joizki, «O‘zbekiston matbuoti» Milliy ko‘rgazmasi axborot sohasini isloh qilish hamda so‘z va axborot erkinligini ta’minlash yuzasidan Konsepsiyada belgilangan vazifalardan kelib chiqib, axborot sohasini liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning tub mazmun-mohiyatini kengroq tushuntirib berish maqsadida o‘tkazib kelinmoqda. Milliy axborot maydonini tezkor ravishda rivojlantirishni ta’minlashda mamlakatning barcha media-tashkilotlari kuchlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ko‘proq transparantlik va hamkorlikka erishish ham «O‘zbekiston matbuoti» Milliy ko‘rgazmasining bosh vazifalaridan biri hisoblanadi.

      Hukumatimizning OAV va nashriyot-matbaa faoliyati sohasiga bo‘lgan alohida e’tibori dunyo amaliyotida o‘xshashi yo‘q imtiyozlarning taqdim etilishida o‘z ifodasini topmoqda. 2011 yilning 30 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1672 sonli Qarori qabul qilindi. Bu Qarorda OAV, nashriyotlar, matbaa korxonalari va matbuot tarqatuvchi tashkilotlarni yanada rivojlantirish, OAV mustaqilligini ta’minlash, ularning axborot sohasini rivojlantirishdagi rolini oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoat nazoratini o‘rnatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qo‘shimcha soliq imtiyozlarini taqdim etish ko‘zda tutilgan.

      Belgilangan imtiyozlar gazeta va kitob-jurnal mahsulotlari tannarxini pasaytirish, mahsulotlarni iste’molchilarga arzon narxlarda yetkazib berish, o‘quvchilar ommasini kengaytirish va ko‘paytirish, imtiyozlar hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larni moddiy-texnik bazani mustahkamlash va ishlab chiqarish vositalari texnologik parkini zamonaviylashtirish, natijada ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini yaxshilash uchun maqsadli sarflashga imkon beradi.

      Nashriyot-matbaa tarmog‘ida dastlabki ixtisoslashtirilgan forum sifatida tashkil etilgan «O‘ZBEKinPRINT» va «O‘ZUPACK» Xalqaro ko‘rgazmalari o‘z faoliyati yillari davomida nashriyot-matbaa sanoatini taraqqiy ettirishning zamonaviy yo‘nalishlarini namoyish etish va aks ettirish borasida bebaho tajriba va sobitqadam an’analarni shakllantirish uchun asos yarata oldilar. Muvaffaqiyatli amalga oshgan loyiha sifatida bu ko‘rgazmalar e’tiborli, professional forum darajasiga yetdi, ko‘rgazmalar doirasida o‘tkaziladigan an’anaviy seminarlar, anjumanlar, taqdimotlar va tanlovlar tarmoqning yanada olg‘a qarab rivojlanishi uchun strategik yo‘nalishlarni aniqlashda ulkan amaliy ahamiyat kasb etmoqda.

      An’anaviy tarzda, «O‘ZBEKinPRINT» ko‘rgazmasi doirasida matbaa ishlab chiqarish, noshirlik faoliyati va reklama uchun zamonaviy uskunalar, sarf materiallari va texnologiyalar namoyish etildi. «Kitob nashriyoti» nomli maxsus bo‘lim yetakchi o‘zbek nashriyotlarining ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop, o‘qish-o‘rganish, bolalar adabiyotiga oid kitoblarini omma e’tiboriga havola etdi. Ko‘rgazmadagi bu bo‘limning faoliyati nafaqat nashriyotlar va kitobsavdo tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bilan bog‘liq qator masalalarni hal qilish, balki nashriyotlarning o‘quv muassasalari, kutubxonalar va madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga ham qaratildi.

      Turli xil tayyor etiketka (yorliq) va tara-o‘rov mahsulotlari «O‘ZUPACK» ko‘rgazmasi ekspozisiyalarida namoyish etildi. Taralar, mahsulot o‘raladigan yoki joylanadigan narsalar, etiketkalar ishlab chiqarishning barcha texnologiyalari bo‘yicha eng yangi uskunalar va sarf materiallari mana shu yerda taqdim etildi. Ko‘rgazma faoliyati davomida «Yilning eng yaxshi kitobi» Milliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash kitob nashriyoti sohasida bo‘lib o‘tgan muhim voqea bo‘ldi. Bu yilgi tanlovda mamlakatimizning yigirmadan ortiq yetakchi nashriyotlari ishtirok etishdi. Ular bu tanlovda beshta nominatsiya bo‘yicha kitob mahsulotining eng yaxshi namunalarini vakolatli hakamlar ixtiyoriga topshirgan edilar.

      Tanlov natijalariga ko‘ra, «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi «Uch og‘ayni botirlar», «Zumrad va Qimmat», «Kichkintoylar savod kitobi» va «Hiylagar bedana» kitoblari uchun rag‘batlantiruvchi diplom, «Yangi Toshkentnoma» va «Kichkinoylar alifbosi» nomli kitoblar uchun esa 3-darajali diplomni qo‘lga kiritdi.

     

("O'qituvchi" NMIU)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O‘zbekiston matbuoti namoyishi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Birlashgan Arab Amirliklari (Abu-Dabi shahri)da tashkil etilgan kitob yarmarkasiga qatnashuv natijalari bo‘yicha hisobot

      O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 19.09.2011 yildagi №31/28498 sonli va O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligining 26.10.2011 yildagi №07-2137 sonli xatlariga muvofiq O‘zbekiston delegatsiyasi 26.03.2012 yilda BAA ning Abu-Dabi shahrida tashkillashtirilgan 22- Xalqaro kitob yarmarkasiga ishtirok etdi.

Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

      Muborak Qurbon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash, fuqarolarning hamjihatligi va mehr-oqibatini mustahkamlash, ularning ruhiy va ma’naviy olamini yanada yuksaltirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram – Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida"gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:

Mashhur yangiliklar

2013-02-20 Oqsaroyda qabul

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте