Yangilangan sana: 2012-04-04 Ko`rilgan: 1137

Birlashgan Arab Amirliklari (Abu-Dabi shahri)da tashkil etilgan kitob yarmarkasiga qatnashuv natijalari bo‘yicha hisobot

      O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 19.09.2011 yildagi №31/28498 sonli va O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligining 26.10.2011 yildagi №07-2137 sonli xatlariga muvofiq O‘zbekiston delegatsiyasi 26.03.2012 yilda BAA ning Abu-Dabi shahrida tashkillashtirilgan 22- Xalqaro kitob yarmarkasiga ishtirok etdi.

     BAAdagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi vakillari (konsul F. Muminov va Elchixonaning savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi M. Shagazatov) delegatsiyani Dubay shahri aeroportida kutib oldilar va delegatsiyani mehmonxonaga joylashtirish hamda uning shahar bo‘ylab transportda muntazam harakat qilishida katta yordam ko‘rsatdilar.

     27.03.2012 yilda kitob yarmarkasining barcha ishtirokchilari ko‘rgazma pavilyonida akkreditatsiyadan o‘tishdi va shu kunning o‘zidayoq ishtirokchi davlatlar kesimida stendlarni bezash ishlari tashkillashtirildi. O‘zbekiston stendi (№11A24)da O‘zbekistonning yetakchi nashriyotlari kitoblari taqdim qilindi.

     28.03.2012 yilda yigirma ikkinchi Xalqaro kitob yarmarkasining ochilish marosimi o‘tkazildi va u yerda BAA Madaniyat vaziri Shayx Sulton bin Taxun al-Naxayan janobi oliylari faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.

     Ko‘rgazma pavilyoni shartli ravishda ikki qismga bo‘lingan. Yarmarka zalining birinchi yarmida butun dunyo nashriyotlari o‘z mahsulotlari bilan joylashdilar, boshqa qismidan esa kitob savdosi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar o‘rin oldilar.

     Katalogga ko‘ra kitob yarmarkasi ishtirokchilari soni dunyoning 58 mamlakatidan 900 dan oshib ketdi. Yarmarka, asosan, kitob mahsulotlarini sotishga va uzoq muddatli ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatish uchun salohiyatli ulgurji savdo mijozlarini jalb qilishga mo‘ljallangan. Asosan, arab va ingliz tillaridagi bolalar hamda o‘smirlar adabiyotiga jiddiy qiziqish borligi ma’lum bo‘ldi.

     Shu asosda ko‘rgazma yarmarkasida jonli bolalar burchagi tashkillashtirildi va u yerda yosh kitobxonlar yarmarkadagi mavjud kitob mahsulotlari va ularning mualliflari bilan tanishish, shuningdek, rassomlik san’ati yo‘nalishi ustalari bilan ham shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

     29.03.2012 yilda, ko‘rgazma jadvaliga muvofiq, yarmarka ishtirokchilari orasida ish yuzasidan muzokaralar boshlandi.

     Saudiya Arabistoni Qirolligi pavilyonida «O‘qituvchi» NMIU Saudiya nashriyotlari uyushmasi vakillari bilan bu mamlakatda yashovchi etnik o‘zbeklar uchun kitob mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan muzokaralar olib bordi. Muzokaralar davomida Saudiya Arabistonida, xususan Makka va Madinada ko‘p sonli etnik o‘zbeklar yashashi va aholining bu qatlami o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati va ma’naviy hayoti haqidagi adabiyotlarga qiziqishi kattaligi uqtirildi.

     Shu munosabat bilan va «O‘qituvchi» NMIU tashabbuskorligida (o‘zbek, arab va ingliz tillarida tayyorlangan) «O‘zbek taomlari» va «Boburnoma. Miniaturalar» kitoblari taqdim etildi. Tarqatma materiallar sifatida mazkur kitoblardan 10 nusxasi hamda arab va ingliz tillarida nashrga tavsiya etilgan boshqi kitoblar mavzuiy rejasining keng turlari katalogi arab vakillariga berildi.

     Saudiya nashriyotlari uyushmasi, o‘z navbatida, muzokaralar davomida muhokama qilingan masalalarga alohida e’tibor qaratishlarini va Saudiya Arabistoni aholisi o‘rtasida yuqorida aytib o‘tilgan kitoblarga ehtiyojni o‘rganib chiqishlarini ta’kidlab o‘tdi.

     Bundan tashqari, 30.03.2012 yilda «O‘qituvchi» NMIU tomonidan BAA dagi kitob savdosi tashkilotlari (DIGITAL FUTURE va Al Khamri Commercial Enterprises) bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Muzokaralar jarayonida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kitoblarning mazmuni bayon etildi va bu mamlakatning manfaatdor aholi qatlamlari uchun «O‘qituvchi» NMIU ning kitob mahsulotlarini yetkazib berish imkoniyatlari muhokama etildi.

     DIGITAL FUTURE va Al Khamri Commercial Enterprises kompaniyalari (Dubay shahri) O‘zbekistonliklar tomonidan berilgan takliflar e’tiborga olinganligini va ulardan o‘zlarining BAA dagi keyingi ishlarida albatta foydalanishlarini ta’kidlashdi.

     Har bir muzokara natijalari bo‘yicha, kiyinchalik o‘zaro aloqalarni amalga oshirish va o‘rnatish maqsadida, tomonlar o‘rtasida zaruriy ma’lumotlar almashindi.

     02.04.2012 yilda yigirma ikkinchi Xalqaro kitob yarmarkasi tashkilotchilari tomonidan yarmarka ishining yakunlanganligi e’lon qilindi va barcha ishtirokchilarga ularning keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilagan holda ijobiy fikrlar bildirildi.

     

("O'qituvchi" NMIU)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Birlashgan Arab Amirliklari (Abu-Dabi shahri)da tashkil etilgan kitob yarmarkasiga qatnashuv natijalari bo‘yicha hisobot

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

QIZIQARLI KO‘RGAZMALAR, JONLI MULOQOTLAR

      O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida VI xalqaro Toshkent fotobiyennalesi doirasida o‘zbekistonlik va xorijlik fotoijodkorlarning shaxsiy ko‘rgazmalari hamda “Foto-remeyk. Shajara: xotira daraxti” mavzuidagi ko‘rgazma-loyihasi ochildi.

O‘zbekiston matbuoti namoyishi

      2012 yilning 10—12 oktabr kunlari Toshkent shahrining «Uzkspotsentr» ko‘zgazmalar markazida ikkinchi «O‘zbekiston matbuoti» Milliy ko‘rgazmasi va o‘n to‘rtinchi «O‘ZBEKinPRINT», «O‘ZUPACK» va «O‘ZREKLAMA» Xalqaro ko‘rgazmalari o‘tkazildi.

      Xalqaro ko‘rgazmalarning «O‘zbekiston matbuoti» Milliy ko‘rgazmasi bilan ikkinchi marta bitta ko‘rgazma maydonida o‘tkazilishi turdosh tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarining dinamik taraqqiyoti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kuchaytiruvchi xayrli an’analarning vujudga kelayotganligidan darak beradi. Bunday aloqalar, albatta, yangi texnologiyalar, materiallar va uskunalarni amalga tatbiq etish borasida nashriyot-matbaa sohasining kundan-kunga oshib borayotgan imkoniyatlari bilan o‘zaro bog‘liqdir.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте