Yangilangan sana: 2012-10-08 Ko`rilgan: 1118

QIZIQARLI KO‘RGAZMALAR, JONLI MULOQOTLAR

      O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida VI xalqaro Toshkent fotobiyennalesi doirasida o‘zbekistonlik va xorijlik fotoijodkorlarning shaxsiy ko‘rgazmalari hamda “Foto-remeyk. Shajara: xotira daraxti” mavzuidagi ko‘rgazma-loyihasi ochildi.

      Tadbirning ochilishiga musavvirlar, fotosuratchilar, san’at yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar taklif etildi.

      O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov, VI xalqaro Toshkent fotobiyennalesi bosh direktori Sh.Karimboboyeva va boshqalar mamlakatimizda mustahkam qaror topgan tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik muhiti madaniyatimiz va san’atimiz, ilm-ma’rifat rivojida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. “Art Week Style.uz – 2012” san’at haftaligining rang-barang madaniy tadbirlari davlatimiz tomonidan soha rivojiga qaratilayotgan doimiy e’tiborning amaldagi ifodasidir.

      “Men dunyoda, dunyo mendadir” degan falsafiy g‘oyani o‘zida mujassam etgan VI xalqaro Toshkent fotobiyennalesi turli ko‘rgazmalar, ilmiy anjumanlar, mahorat saboqlariga boy bo‘lmoqda. Unda Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Bangladesh, Isroil, Ukraina singari jahonning o‘ttiz besh mamlakati fotorassomlarining ikki mingdan ortiq suratlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etilmoqda.

      – Toshkent fotobiyennalesi men uchun jonli muloqotlar, qiziqarli ijodiy eksperimentlar maydonidir, – deydi italiyalik mashhur fotosuratchi Klaudio Markotssi. – O‘zbekistonda o‘tgan xalqaro biyennalelarda ilgari ham qatnashganman. Ular yuqori tashkiliy-badiiy saviyasi, ijodkorni ilhomlantiradigan g‘oyalari bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu galgi fotobiyennale uchun tabiat manzaralari tasvirlangan turkum suratlarimni taqdim etdim. Zero, har bir inson tabiatning uzviy qismidir.

      Tasviriy san’at galereyasidagi ekspozitsiyada mamlakatimiz hamda Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Ukraina, Rossiya fotorassomlari asarlari namoyish etilmoqda.

      “Foto remeyk. Shajara: xotira daraxti” deb nomlangan ko‘rgazma-loyihada esa ijodkorlar oilasini – o‘z yaqinlari, qadrdonlari qiyofasini tasvirlashga harakat qilganlar.

      – O‘zbekiston o‘z milliy an’ana va qadriyatlariga sodiq, ayni paytda zamonaviy san’atning barcha yo‘nalishlari jadal rivojlanayotgan mamlakatdir, – deydi yaponiyalik foto ustasi Nayuki Ogino. – O‘zbekistonlik fotoijodkorlarning suratlarida ham fotografiyaning barcha ilg‘or va zamonaviy yo‘nalishlari faol qo‘llanayotgani san’at muxlislarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

     

(O'zA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

QIZIQARLI KO‘RGAZMALAR, JONLI MULOQOTLAR

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

B. Akbarov va b. O‘TKIR ZEHNLIKLAR KITOBI (КНИГА ДЛЯ УМНЫХ). O‘zbek tilida

      Ushbu kitob orqali o‘quvchilar tabiiy va ijtimoiy fanlar bo‘yicha egallagan bilimlarini yana bir bor imtihondan o‘tkazib oladilar. Kitobda berilgan qiziqarli test topshiriqlari o‘quvchilarni tegishli fanlarga oid nazariy bilimlarni yanada kengroq bilishlariga yordam beradi.

Birlashgan Arab Amirliklari (Abu-Dabi shahri)da tashkil etilgan kitob yarmarkasiga qatnashuv natijalari bo‘yicha hisobot

      O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 19.09.2011 yildagi №31/28498 sonli va O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligining 26.10.2011 yildagi №07-2137 sonli xatlariga muvofiq O‘zbekiston delegatsiyasi 26.03.2012 yilda BAA ning Abu-Dabi shahrida tashkillashtirilgan 22- Xalqaro kitob yarmarkasiga ishtirok etdi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте