Yangilangan sana: 2012-03-05 Ko`rilgan: 985

Jurnalist mas’uliyati

      Onalik va bolalik manfaatlarini himoyalash, har jihatdan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida olib borilayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridandir. Bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va yuksak samaralarini jamoatchilikka tezkor, xolis va hayotiy misollar vositasida yetkazish jurnalistlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

      O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan «Barkamol avlodni tarbiyalashda amalga oshirilayotgan islohotlarni jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining vazifalari» mavzuidagi ilmiy-amaliy seminarda bu borada jurnalistlarning mas’uliyati va kasb mahoratini yanada oshirish masalalari atroflicha muhokama etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

      O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori A.Abdullayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar millatimiz genofondini sog‘lomlashtirish, yoshlarga puxta bilim berish, ularni umrboqiy an’ana va qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida voyaga yetkazishdek ezgu maqsadga yo‘naltirilganini ta’kidladi. Bu yo‘nalishda qabul qilingan «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunlar, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodning huquqi, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalash, hayoti va sog‘lig‘ini muhofazalashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

      Ta’lim-tarbiya sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni sportga jalb etish, jismoniy tarbiyani o‘g‘il-qizlar kundalik hayotining ajralmas qismiga aylantirish borasidagi chora-tadbirlar bilan uyg‘un olib borilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tuzilganidan buyon mamlakatimizda yuzlab zamonaviy sport inshootlari, suzish havzalari, sport-sog‘lomlashtirish majmualari qurilib, foydalanishga topshirildi. Uch bosqichli sport o‘yinlari – «Umid nihollari», «Barkamol avlod», Universiada musobaqalari xalqaro maydonda Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilishga qodir yosh sportchilarni tarbiyalashda muhim omil bo‘lmoqda.

      Bu jarayonda sport bilan shug‘ullanayotgan qizlar safini yanada kengaytirish, ayol murabbiylar kasb malakasini oshirish, sinxron suzish, badiiy gimnastika kabi qizlarga mos sport turlarini rivojlantirish, qizlarni maxsus sport kiyimlari bilan ta’minlash kabi masalalarga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Bularning samarasida o‘g‘il va qizlarning salomatligi yaxshilanib, turli kasalliklarga chalinish holatlari keskin kamaymoqda.

      Bu yo‘nalishda erishilgan yutuqlar Toshkentda o‘tgan «Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti» mavzuidagi xalqaro konferensiyada ko‘plab davlatlarning ekspert va olimlari, ta’lim sohasi xodimlari tomonidan yuksak baholanib, ibrat olishga arzigulik model sifatida e’tirof etildi.

      Seminarda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan barcha ezgu ishlarni keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari xodimlari mas’uliyatini yanada oshirish, mavzuni yoritishda chuqur tahliliy yondashuv tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Sportni ommalashtirish va rivojlantirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, sport ta’limini keng yo‘lga qo‘yish ishlarini jurnalistik materiallarda xalqchil va hayotiy tarzda yoritishga oid masalalar atroflicha muhokama etildi.

     

(O'zA)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Jurnalist mas’uliyati

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Z.M. Rahmatullayev, X.P. Hasanov, Z.A. Mutalov. DAVLAT VA XO‘JALIK BOSHQARUVI, MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINING RAHBARLARI VA MUTAXASSISLARI UCHUN KOMPYUTER TEXNIKASIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA USLUBIY TALABLAR VA TAVSIYALAR. O‘zbek tilida

      Ushbu qo‘llanma lokal hisoblash tarmoqlari va turli axborot tizimlari bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar va talablardan iborat bo‘lib, unda kompyuterlarda joylashtirilgan axborotlarni muhofaza qilish usullari yoritib berilgan.

Jamol Jalolov. CHET TIL O‘QITISH METODIKASI (МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ). O‘zbek tilida

      Til o‘rganish kishilik jamiyatida bag‘oyat muhim sohalar¬dan hisoblanadi. Muloqot vositasi bo‘lmish tilni tabiiy muhitda (oilada, jamoatchilik orasida) yoki uyushgan holda (darsda) ama¬liy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa na¬zariy jihatdan o‘rganiladi.

Mashhur yangiliklar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте