Yangilangan sana: 2019-10-25 Ko`rilgan: 133

Toshkent yerusti metrosining ilk bekatlari bitdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropoliteni Sergeli yo`nalishining qurilishi bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 29 noyabrdagi qaroriga muvofiq barpo etilayotgan bu yo`l poytaxtimiz transport kommunikatsiyasining yana bir muhim tarmog`idir. Loyihaning umumiy qiymati 82,6 million dollar bo`lib, 7 kilometr temir yo`l va 6 ta bekat qurilishi belgilangan. Sergeli yo`nalishi Chilonzor liniyasining "Olmazor" bekatiga ulanadi.

Shu tariqa katta aholiga ega Sergeli tumani shahar markazi va boshqa tumanlari bilan yana bir transport vositasi orqali bog`lanadi. Jumladan, Sergelidan metroga o`tirgan yo`lovchi "Buyuk ipak yo`li" bekatigacha almashmasdan yetib olishi mumkin. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropoliteni Sergeli yo`nalishining qurilishi bilan tanishdi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Frankfurtda xalqaro kitob ko`rgazmasi ochildi

Unda o`zbek noshirlari ham ishtirok etmoqda...

INFOLIB-UZBEKISTAN-2019

Unda kitobxonlikni yanada ommalashtirish maqsadida bir qator tadbirlar uyushtirilib...

Mashhur yangiliklar

2014-07-12 Sport marafoni