Yangilangan sana: 2019-10-16 Ko`rilgan: 173

Frankfurtda xalqaro kitob ko`rgazmasi ochildi

Unda o`zbek noshirlari ham ishtirok etmoqda.

Shu yilning 15 oktyabr kuni Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt shahrida an`anaviy «Frankfurt Buchmesse» xalqaro kitob ko`rgazmasi ochildi.

Besh yuz yillik tarixga ega dunyodagi eng nufuzli mazkur xalqaro kitob ko`rgazmasida O`zbekistondan ham vakillar ishtirok etyapti. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi O`zbekiston, G`afur G‘ulom va "O`qituvchi" nashriyotlari hamda Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatayotgan "Mashhur Press" nashriyoti o`zbek noshirlari mahsulotini ko`rgazmada namoyish etadi.

Frankfurt Buchmesse выставка в Германии 2019

Xalqaro kitob ko`rgazmasining tantanali ochilish marosimida GFR tashqi ishlar vaziri Xayko Maas, Kitoblar ko`rgazmasi direktori Yurgen Boss hamda diplomatik korpus vakillari, elchilar, shuningdek, ko`plab xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan noshir va matbaachilar ishtirok etdi.

Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, Frankfurt kitob ko`rgazmasi asoschisi sifatida Frankfurt yonidagi Maynsda yashab o`tgan birinchi kitob noshiri Iogann Guttenberg e`tirof etiladi.

Xalqaro kitob ko`rgazmasi O`zbekiston matbaachilik sanoati taraqqiyotining istiqbollarini targ`ib etish, o`zaro manfaatli aloqalarni o`rnatish va turfa madaniyatlar bilan yaqinroq tanishish imkonini beradi.

"Frankfurt Buchmesse" xalqaro kitob ko`rgazmasi 20 oktyabrga qadar davom etadi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Unda o`zbek noshirlari ham ishtirok etmoqda

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Matbaa sohasi istiqbollari

Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat institutida Matbaa oliy o`quv yurtlari assotsiatsiyasining 51-konferensiyasi bo`lib o`tdi...

Toshkent yerusti metrosining ilk bekatlari bitdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropoliteni Sergeli yo`nalishining qurilishi bilan tanishdi...

Mashhur yangiliklar