Yangilangan sana: 2019-10-04 Ko`rilgan: 365

Tashkent book fest - 2019

"O`zekspomarkaz" milliy ko`rgazmalar majmuasida 2-4 oktyabr kunlari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va bir qator manfaatdor vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan "Tashkent book fest - 2019" 1-Xalqaro kitob ko`rgazma-yarmarkasi bo`lib o`tdi.

Tashkent book fest - 2019 - O`qituvchi

Halqaro ko`rgazma-yarmarka davomida "O`qituvchi" MU tomonidan uchta kitob taqdimoti o`tkazildi. O.Mahmudovning "Farzandnoma", J.Rahimovning "Mirzo Ulug`bek koinotga talpingan hukmdor", "Jaloliddin - Manguberdi mardlik va jasorat timsoli" kitoblari yig`ilganlar tomonidan iliq kutib olindi.

Tashkent book fest - 2019 - O`qituvchi

Shuningdek, Xalqaro ko`rgazma-yarmarka bir qator xorij mamlakatlari bilan fikr almashish, halqaro munosabatlarni yo`lga qo`yish uchun zamin bo`ldi.

Ko`rgazma davomida "O`qituvchi" MU rahbariyati tomonidan ham bir qator xorijiy mamlakatlar mutaxassislari bilan suhbatlashildi, kelgusida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Tashkent book fest - 2019 - O`qituvchi

Xususan, Qozog`iston Respublikasining Foliant nashriyoti, "Kazak Universitet" nashriyoti rahbariyati bilan muzokara olib borildi. Shuningdek Qirg`iziston Respublikasining darsliklar ishlab chikaruvchi Arcus publishing bosh diretori Ivan Fadin bilan darsliklarni tarjimasi o`zbek- qirg`iz, qirg`iz- o`zbek tillariga o`girib ishlash, hamkorlik kilish bo`yicha suhbatlashildi.

Birinchi marotaba o`tkazilgan va har yili o`tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro ko`rgazma-yarmarka barcha uchun taassurotlarga boy o`tdi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zekspomarkaz milliy ko`rgazmalar majmuasida 2-4 oktyabr kunlari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va bir qator manfaatdor vazirlik

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

1 oktyabr O`qituvchilar va murabbiylar kuni

1 oktyabr "O`qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan "O`qituvchi" Matbaa uyida bayram tadbiri bo`lib o`tdi

Matbaa sohasi istiqbollari

Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat institutida Matbaa oliy o`quv yurtlari assotsiatsiyasining 51-konferensiyasi bo`lib o`tdi...

Mashhur yangiliklar

2019-08-12 Yoz o`tmoqda soz