Yangilangan sana: 2019-09-19 Ko`rilgan: 255

Toshkentda ilk marta Tashkent Book Fest xalqaro kitob-ko`rgazma yarmarkasi o`tkaziladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "Tashkent Book Fest" xalqaro kitob ko`rgazmasini tashkil etmoqda.

Ko`rgazma joriy yilning 2-4 oktyabr kunlari "O`zekspomarkaz" Milliy ko`rgazmalar majmuasida bo`lib o`tadi.

Xalqaro kitob ko`rgazma yarmarkasiga tashrif buyurganlar xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir kitoblari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimotida ishtirok etish, chet el va o`zbek adiblari, mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo`ladilar.

Tashkent Book Fest 2019

Tadbir doirasida yozuvchi, shoir va rassomlar bilan ijodiy suhbatlar bo`lib o`tadi. Shuningdek, sohaga oid seminarlar, mahorat darslari, treninglar va ko`plab aksiya hamda kitob tanlovlari o`tkaziladi.

Xalqaro kitob ko`rgazma yarmarkasi - turli mamlakatlarning soha mutaxassislari o`rtasida tajriba va fikr almashish, malaka oshirish uchun ajoyib maydon bo`ladi.

"Tashkent Book Fest" - mamlakatimiz madaniy hayotida yorqin voqea.

Barcha kitobsevarlarni Toshkent xalqaro kitob ko`rgazmasi yarmarkasiga taklif qilamiz. Ma`lumot uchun telefon: +998 71 244 23 72.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Xalqaro kitob ko`rgazma yarmarkasiga tashrif buyurganlar xorijiy va mahalliy

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Favqulotda vaziyatlarda harakatlanish borasida trening tashkillashtirildi

"O`qituvchi" MUda tabiiy va texnogen favqulotda vaziyatlarda harakatlanish borasida trening tashkillashtirildi...

1 oktyabr O`qituvchilar va murabbiylar kuni

1 oktyabr "O`qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan "O`qituvchi" Matbaa uyida bayram tadbiri bo`lib o`tdi

Mashhur yangiliklar