Yangilangan sana: 2019-08-28 Ko`rilgan: 88

Xodimlar yaratilayotgan sharoitlardan mamnun

Har bir insonning mehnati uning faoliyat turidan kat`iy nazar, munosib rag`batlantirilishi, xodimlarning ma`naviy-moddiy manfaatlari himoya qilishi kerak.

Bu borada tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan kasaba uyushmalari xodimlarning samarali mehnat faoliyatlarini munosib taqdirlab, ular uchun barcha sharoitlarni yaratishga e`tibor qaratib kelayotgani tahsinga loyiq. "O`qituvchi" MU rahbariyati va kasaba uyushmasi ham xodimlarning har tomonlama qulay sharoitlarda ishlashlari, vaqtida ma`naviy hordiq olishlariga doimiy e`tibor qaratib keladi. Zero, xodimlarning ish faoliyatlari samaradorligi oshishida vaqtida ta`minlangan hordiq onlari katta o`rin tutadi.

Xodimlar yaratilayotgan sharoitlardan mamnun

Shu maqsadda korxona rahbariyati tomonidan ishchilarning munosib hordiq chiqarishlari uchun dam olish oromgohida ikki kunlik tadbir tashkillashtirildi. Xodimlar farzandlari bilan birgalikda miriqib dam oldilar. Ular uchun uch mahal mazzali taomlar tayyorlanib, cho`milish havzasi, stol tennisi, volleybol, basketbol maydonchalarida salomatliklarini chiniqtirish maqsadida foydalandilar.

Xodimlar yaratilayotgan sharoitlardan mamnun

Ushbu hordiq onlarini tashkillashtirishdan yana bir maqsad, xodimlarning o`zaro ahilligini ta`minlash, hamjihatlikka undashdan iborat. Bosma sexi xodimlari Reimov Muhammadsher, Abdullayev Hamid, Karabayeva Dilnoza, Djalilova Irodalar bilan suhbatda ular ushbu hordiq onlarida miriqib dam olayotganliklari, xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratilganidan mamnunliklarini bildirdilar.

Xodimlar yaratilayotgan sharoitlardan mamnun

Nafaqat o`zimiz, balki farzandlarimiz ham yayrab dam olishlariga sharoit yaratgan kasaba uyushmasi va rahbariyatimizga tashakkur aytamiz. Barcha ishchilar bolajonlar va yurtimiz aholisi uchun sifatli va mazmunli kitob mahsulotlari tayyorlashda sidqidildan mehnat qilishga bel bog`laganmiz.

Xodimlar yaratilayotgan sharoitlardan mamnun

Ahillikda faoliyat yuritishimizda mana shunday birgalikda o`tkazilayotgan tadbirlarning o`rni bo`lakcha,-deyishdi xodimlar.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Har bir insonning mehnati uning faoliyat turidan kat`iy nazar, munosib rag`batlantirilishi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Ish sifatini yaxshilash yo`lida

Bugun "O`qituvchi" MU majlislar zalida 19-22 avgust kunlari o`tkazilgan ichki audit tekshiruvi...

O`qituvchi MUda bayram tadbiri tashkillashtirildi

O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan "O`qituvchi" MUda bayram...

Mashhur yangiliklar

2017-02-24 Sadoqatli do`st

2013-04-18 Oqsaroyda qabul