Yangilangan sana: 2019-08-12 Ko`rilgan: 145

Yoz o`tmoqda soz

Barkamol avlodni tarbiyalash, ularning ma`nan, aqlan, jismonan sog`lom kamol topishlariga davlatimiz miqyosida katta ahamiyat qaratib kelinmoqda.

Bolalarni yozgi sog`lomlashtirish yo`nalishida olib borilayotgan ishlar ham shular jumlasidandir. Hukumatimiz tomonidan oromgohlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga, ularni zamonaviy dam olish maskanlariga aylantirishga katta e`tibor qaratilib, oromgohlar yildan-yilga yangilanib bormoqda. O`z navbatida, Kasaba uyushmalari ham bolalarning dam olishi va sog`lomlashtirilishi ishlarini o`zining ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblab, bu boradagi ishlar sifatini yaxshilashga muntazam e`tibor qaratib kelmoqda.

Yoz otmoqda soz

"Sharq" nashriyot matbaa Aksionerlik Kompaniyasiga qarashli "Fazogir" bolalar sog`lomlashtirish oromgohida bo`lib, qadrli bolajonlarimizning maroqli hordiq chiqarishlari uchun yaratilgan sharoitlar, ma`daniy – ma`rifiy tadbirlar, sog`lomlashtirish sport musobaqalari bolajonlarga olam-olam quvonch bag`ishlayotgani guvohi bo`ldik. "O`qituvchi" MU kasaba uyushmasi raisi Gulchehra Mirjalilova bir necha yillardan beri "Sharq" nashriyot matbaa Aksionerlik Kompaniyasi Kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda xodimlar farzandlarini sog`lomlashtirish, xodimlarga munosib dam olishlari uchun sharoit yaratish borasida ishlab kelishmoqda. "O`qituvchi" MU tomonidan ushbu oromgohda bu yilgi mavsum davomida 20dan ortiq bolajonlar miriqib dam olishdi. Oromgohda bolajonlar uchun spartakiadalar, rasm to`garaklari, "Do`stlik karvoni" nomi ostida tadbirlar, tanlov va viktorinalar tashkil etilgan. Biz bilan suhbatda oromgohda hordiq chiqarayotgan Madinaxon so`zlaridan dam olish u uchun maroqli o`tayotgani bilinib turibdi.

– Rasm to`garagida faol ishtirok etib, tanlovda fahrli o`rinni oldim. Oromgoh rahbariyati tomonidan fahriy yorliq bilan taqdirlashdi. Barcha do`stlarim bu yerda tarbiyachilar, oromgoh rahbariyati tomonidan taqdirlanmasdan qolmayapti. Bu biz uchun juda quvonchli, - deydi Madina.

Yoz otmoqda soz

Oromgohda tashkil etilgan ma`naviyat xonasi e`tiborimizni tortdi. Kitob javonlarida turli kitoblar, bolajonlar rasm chizishlari uchun mo`yqalamlar turli zarur jihozlar bilan ta`minlangan. Tarbiyachilar bilan suhbatda bo`lganimizda, har bir bolada katta iste`dod yashirin ekanligi, ularni bo`y ko`rsatishida pedagog xodimlarni ham o`rni kattaligini ta`kidlashdi. Darhaqiqat, kelajagimiz poydevori bo`lgan barkamol avlod kamoloti yo`lidagi ishlar ertaga o`z mevasini beradi.

Kasaba uyushmalari tomonidan xodimlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning farzandlarini sog`lomlashtirish yo`lidagi islohotlar samaradorligi yanada rivojlanishiga tilakdoshiz.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Barkamol avlodni tarbiyalash, ularning ma`nan, aqlan, jismonan sog`lom kamol topishlariga davlatimiz miqyosida katta ahamiyat qaratib kelinmoqda

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekiston va Belarus Respublikalari axborot sohasida hamkorlik qiladi

O`zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Belarus Respublikasi Axborot vazirligi...

Media Uz futbol haftaligi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va O`zbekiston futbol assotsiasiyasi bilan hamkorlikda

Mashhur yangiliklar

2013-04-30 Quvnoq startlar