Yangilangan sana: 2019-07-25 Ko`rilgan: 209

Xodimlar manfaati himoyada

2019 yil "O`qituvchi" matbaa uyi Davlat unitar korxonasi boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan ishlab chiqilgan ish rejasiga ko`ra, yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hisoboti bo`yicha yig`ilish tashkil etildi. Unda korxona xodimlari va O`zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika kengashining mutaxassisi Gapurov Yunus Yusupovich ishtirok etdi.

Xodimlar manfaati himoyada

Yig`ilishda korxonadagi ishchi-xodimlarni mehnat, ijtimoiy iqtisodiy, xuquqiy manfaatlarini himoyalash, jamoa shartnomasida qayd etilgan imtiyozlardan xodimlarning foydalanishi uchun yarim yillikda bajarilgan ishlar, shuningdek mehnat sharoitlarni yaxshilash, texnika xavfsizligi bo`yicha belgilangan tadbirlarni bajarilishi va mehnat qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilinayotganligi borasida to`xtalib o`tildi. Ochiq muloqot shaklida o`tgan yig`ilishda xodimlar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda taklif mulohazalari bilan o`rtoqlashdilar.

Kelgusida korxona kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan jamoa shartnomasi orqali xodimlarning ijtimoiy – iqtisodiy manfaatlari himoyasini yanada kuchaytirish, korxona xodimlari o`rtasida madaniy va ma`rifiy yo`nalishlardagi ishlarni yanada kengaytirish, ishchi-xodimlarni sport tadbirlariga keng jalb qilish borasidagi vazifalar belgilab olinganligi ta`kidlandi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

2019 yil O`qituvchi matbaa uyi boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan ishlab chiqilgan ish rejasiga ko`ra

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Mehnatidan qadr topish - katta baxt

Inson hayotda mehnati, olib borayotgan xayrli va ezgu ishlari bilan qadr topadi...

Yoshlar odam savdosiga qarshi

2013 - yilda BMT tomonidan 30 iyul - Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni deb e`lon qilingan...

Mashhur yangiliklar

2019-03-18 Navro`z