Yangilangan sana: 2019-07-22 Ko`rilgan: 123

Mehnatidan qadr topish - katta baxt

Inson hayotda mehnati, olib borayotgan xayrli va ezgu ishlari bilan qadr topadi. Yana oramizda shunday insonlar borki, ular o`z zimmasidagi vazifani ado etishga nafaqat bilimi, salohiyati, balki qalb qo`rini, mehrini baxshida etadi. Kasbiga bo`lgan sadoqati, fidoiyligi tufayli el-yurt orasida hurmat-e`tibor topadi.

Аna shunday kasbining fidoyisi bo`lgan, bugungi kunda ko`plab shogirdlarga ustozlik qilayotgan, mehnatining samarasi tufayli yurtimiz rivojiga hissa qo`shayotgan vatandoshlarimiz davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanmoqda.

Туйчиева Гулноза Абдукаримовна награждена медалью Шухрат

27-iyunь “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” arafasida "O`qituvchi" matbaa uyida 1992-yilda ish boshlagan, yigirma yetti yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan To`ychieva Gulnoza Аbdukarimovna ko`p yillik mehnatlari samarasi sifatida hukumatimiz tomonidan "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi. E`tirof etish kerakki, Gulnoza To`ychieva mehnat faoliyati davomida doimiy izlandi, o`z ustida tinimsiz ishladi, o`rgandi. Bugungi kunga kelib, muqovalash sexida o`z ishining ustasi sifatida o`ziga xos tajriba maktabini yarata oldi. Ish faoliyati davomida ustoz-shogirdlik an`analari bo`yicha bir qancha shogirdlarga ustozlik qildi.

Туйчиева Гулноза Абдукаримовна награждена медалью Шухрат

- Har bir kitob tayyorlanishining o`zi bir olam. Kitoblar o`quvchi qo`liga yetib borguniga qadar bir necha jarayonlardan o`tadi. Men faoliyat yuritayotgan qadoqlash va nazorat jarayoni kitob chop etishning so`nggi bosqichi hisoblanib, chop etilgan kitobning har bir varag`ini nazoratdan o`tkazamiz, sifati yuqori baholangan kitoblarga muhr bosib qadoqlaymiz. O`tgan 27 yil ichida qo`limdan millionlab kitoblar o`tdi. Uning sifatli bo`lishi, bolajonlar, kitobxonlar sifatli kitoblardan bahra olib o`qishi, ma`rifatli bo`lishi yo`lida xizmat qilayotganimdan faxrlaman, - deydi Gulnoza To`ychieva.

Fidoiylik, mehr bilan bajarilgan ish, olib borilgan faoliyat e`tiborsiz, rag`batsiz qolmaydi albatta. Bugungi kunda yaqinlari, hamkasblari orasida o`ziga xos hurmat- e`tiborga ega ushbu jonkuyar ayol kelgusi faoliyati bilan yosh kadrlarga o`rnak bo`lishiga ishonamiz.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Inson hayotda mehnati, olib borayotgan xayrli va ezgu ishlari bilan qadr topadi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Kitobxonlik targ`iboti yo`lida

Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma`naviy-ma`rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo`lga qo`yish bo`yicha...

Xodimlar manfaati himoyada

2019 yil "O`qituvchi" matbaa uyi Davlat unitar korxonasi boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan ishlab chiqilgan ish rejasiga ko`ra...

Mashhur yangiliklar