Yangilangan sana: 2019-06-27 Ko`rilgan: 102

27- iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Kasb bayrami muborak!

27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan "O`qituvchi"MU DUKda tadbir tashkillashtirildi. Kasb bayrami bilan muborakbod etish uchun korxona rahbari Shuxrat Zoirovich so`zga chiqib, ma`naviy-ma`rifiy soha rivoji yo`lida sidqidildan mehnat qilayotgan korxona xodimlarini samimiy muborakbod etdi. Tizimda ko`p yillardan beri samarali mehnat qilgan fahriylar tadbirga taklif etilib, kasaba uyushmasa tomonidan taqdim etilgan sovg`alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, ish jarayonida faollik ko`rsatib kelayotgan xodimlarga fahriy yorliqlar topshirildi. Bayram arafasida korxona xodimi To`ychiyeva Gulnoza Abdukarimovna ko`p yillik mehnatlari samarasi sifatida hukumatimizdan tomonidan "Shuhrat" medali bilan taqdirlanganligi xodimlar quvonchiga quvonch qo`shdi. Ko`tarinki kayfiyatda o`tgan tadbir so`nggida barcha xodimlarga ezgu tilaklar, yaxshi niyatlar bildirildi.

Kasb bayrami muborak

Barchangizni 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan "O`qituvchi" MU DUK jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Jamiyatning ma`naviy – ma`rifiy soha rivojida qo`shayotgan samarali mehnatingiz uchun samimiy ehtiromimizni izhor etamiz. Kasb bayramingiz arafasida jamiki ezgu tilaklarni siz tomon yo`llaymiz!

Ishlaringizda rivoj, sog`liq, omad hamisha hamrohingiz bo`lsin!

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Barchangizni 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha elektron ariza yuborish xizmati vaqtincha to`xtatildi

So`ngi kunlarda Davlat xizmatlari agentligiga maktabgacha ta`lim muassasalari tizimidagi navbatlar pozitsiyalari o`zgarishi bilan bog`liq bir nechta murojaatlar kelib tushdi...

Tanlov g`oliblari taqdirlandi

"Korrupsiya - adolat kushandasi" mavzusida insholar tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi...

Mashhur yangiliklar