Yangilangan sana: 2019-05-24 Ko`rilgan: 201

Saida Mirziyoeva matbuot xizmatlari faoliyatini takomillashtirish bo`yicha qaror loyihasini muhokamaga qo`ydi

"Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligimizda davlat organlari matbuot xizmatlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan zarur takliflar hamda kompleksli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish bo`yicha maxsus guruh tuzilgan", deb yozadi Saida Mirziyoeva.

O`zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va boshqa tashkilotlarning jamoatchilik bilan o`zaro hamkorligini tubdan takomillashtirish hamda matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo`ydi.

"Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligimizda davlat organlari matbuot xizmatlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan zarur takliflar hamda kompleksli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish bo`yicha maxsus guruh tuzilgan", deb yozadi Saida Mirziyoeva.

"Bugunga kelib muayyan natijalarga erishildi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va boshqa tashkilotlarning jamoatchilik bilan o`zaro hamkorligini tubdan takomillashtirish hamda matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo`ymoqchiman.

Ushbu hujjat avval tilga olingan ko`plab muammolarni hal qilish, ya`ni matbuot xizmatlarini davlat organlari va jamiyat o`rtasidagi haqiqiy ishonchli ko`prikka aylantirish, ularning mamlakatimiz axborot makonida samarali faoliyatini ta`minlash, matbuot kotibi mavqeini oshirish, ushbu xizmatlar kadrlar salohiyati va moddiy-texnika ta`minotini kuchaytirish va hokazolarga qaratilgan", deya ta`kidlanadi xabarda.

Mazkur qaror loyihasi bo`yicha davlat tomonidan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlarni ham mamlakatimiz, ham xorijda yanada samarali yoritilishi maqsadida davlat tuzilmalari matbuot xizmatlari ishini yaxshilash imkonini beradigan har qanday taklif va fikrlarning barchasi hujjat loyihasini takomillashtirish jarayonida o`rganiladi va e`tiborga olinadi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligimizda davlat organlari matbuot xizmatlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan zarur takliflar hamda kompleksli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish bo`yicha maxsus guruh tuzilgan

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik

O`zbekiston xalq yozuvchisi, taniqli publitsist va tarjimon Tohir Malik...

Ramazon hayitini nishonlash to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori...

Mashhur yangiliklar