Yangilangan sana: 2019-04-24 Ko`rilgan: 478

Qozog`istonda Eurasian Book Fair-2019 xalqaro kitob ko`rgazma-yarmarkasi boshlandi

Bugun Qozog`iston Respublikasi Nur-Sulton shahrida joylashgan "Korme" ko`rgazmalar markazida "Eurasian book fair-2019" IV Yevroosiyo xalqaro kitob ko`rgazma-yarmarkasi o`z ishni boshladi.

Ko`rgazmada Rossiya, Xitoy, Eron, Turkiya, Polsha, Belgiya, Ozarbayjon, Latviya, Ukraina, Armaniston, Tojikiston, Qirg`iziston kabi mamlakatlardan jami 90 ta tashkilot, jumladan, O`zbekistondan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidagi nashriyotlar ishtirok etmoqda.

Полиграфический дом Укитувчи получил на выставке 2019 диплом первой степени

Ko`rgazma doirasida 150 dan ortiq tadbir tashkillashtirilgan. Barcha ishtirokchi-davlatlar vakillari tomonidan kitob taqdimotlari, badiiy kechalar, muallif, noshir, rassom va matbaachilar bilan uchrashuvlar o`tkazish ko`zda tutilgan.

Xalqaro kitob ko`rgazma-yarmarkasi doirasida "Eng yaxshi darslik", "Eng yaxshi o`lkashunoslik kitobi", "Bolalar va o`smirlar uchun kitob", "Madaniyat va san`at", "Fan va innovatsiya", "Gran-pri" nominatsiyalarida an`anaviy "Yilning eng yaxshi kitobi" tanlovi o`tkaziladi. G`olib va nomzodlarga maxsus diplom beriladi.

Полиграфический дом Укитувчи получил на выставке 2019 диплом за участие

Mazkur nufuzli tadbir kitobxonlikni ommalashtirish, nashriyotlar, yozuvchilar, madaniy-ma`rifiy muassasalar, kitob savdosi bilash shug`ullanadigan tashkilotlarning o`zaro hamkorligini mustahkamlash, jahon noshirlik va poligrafiya sanoati tajribasini o`rganish, yetakchi nashriyotlarning eng yaxshi zamonaviy kitoblar to`plamini o`quvchilar va xaridorlarga yetkazish, kitob mahsulotlarini yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarish va tarqatishga doir istiqbolli vazifalarni belgilash hamda xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Eslatib o`tamiz, "Eurasian book fair-2019" IV xalqaro kitob ko`rgazma-yarmarkasi 27 aprelga qadar davom etadi.

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Ko`rgazma doirasida 150 dan ortiq tadbir tashkillashtirilgan

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Tasviriy va amaliy san`at festivali o`tkaziladi

Joriy yilning 22-27 aprel kunlari mamlakatimizda Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish...

O`zbekiston Prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi...

Mashhur yangiliklar