Yangilangan sana: 2019-04-19 Ko`rilgan: 493

Tasviriy va amaliy san`at festivali o`tkaziladi

Joriy yilning 22-27 aprel kunlari mamlakatimizda Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yiliga bag`ishlab an`anaviy Tasviriy va amaliy san`at festivali o`tkaziladi.

Taniqli rassomlar va hunarmandlar, qo`li gul ustalar, san`atshunos olimlar, o`qituvchilar, talaba-yoshlar, ixtisoslashtirilgan san`at maktabi o`quvchilari va mehmonlar ishtirok etadigan Tasviriy va amaliy san`at festivali poytaxtimizning Markaziy ko`rgazmalar zali, Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvon saroyi, Kamoliddin Behzod memorial bog`-muzeyi, O`zbekiston tasviriy san`at galereyasi, O`zbekiston davlat san`at muzeyi, Yosh tomoshabinlar teatrida hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda bo`lib o`tadi.

O`zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov san`at festivalining asosiy maqsadi milliy san`atimizning boy merosi, bugungi salohiyati va, eng asosiysi, istiqlol yillarida yetishib kelayotgan ijodkorlarni keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga qaratilganini ta`kidladi. Shu bilan birga bu yo`nalishda uchrab turgan kamchiliklar borasida ham to`xtalib o`tdi.

Festival doirasida turli ko`rgazmalar, konsertlar, taniqli ijodkorlar ishtirokida mahorat darslari, milliy liboslar namoyishi, turli uchrashuv va davra suhbatlari o`tkaziladi. Unda taniqli qalam ustalari bilan birga o`quvchi-talabalar hamda yosh iqtidorli rassomlarning ishlari ham namoyish etiladi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Joriy yilning 22-27 aprel kunlari mamlakatimizda Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Toshkentda Qozog`iston ramzi Oltin odam namoyish etilmoqda

O`zbekiston davlat san`at muzeyida bo`lib o`tayotgan ko`rgazmada "Oltin odam"ni tilla bezaklar bilan bezatilgan kiyimda...

Qozog`istonda Eurasian Book Fair-2019 xalqaro kitob ko`rgazma-yarmarkasi boshlandi

Ko`rgazma doirasida 150 dan ortiq tadbir tashkillashtirilgan...

Mashhur yangiliklar