Yangilangan sana: 2019-04-13 Ko`rilgan: 321

Toshkentda Qozog`iston ramzi Oltin odam namoyish etilmoqda

Avval xabar berilganidek, mazkur haftada O`zbekiston davlat san`at muzeyida "Buyuk dasht: tarix va madaniyat" nomli ko`rgazma ochildi.

Ko`rgazmaning asosiy maqsadi san`at va madaniyat ixlosmandlarini Qozog`istonning boy tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirishdan iborat bo`lib, Unda Qozog`iston Respublikasi ramzi hisoblangan "Oltin odam" namoyishga qo`yilgan.

1960 yillarning oxiri 1970 yillarning boshida Olmaota shahri atrofida arxeologik qazish ishlari olib borilgan. Issiq qo`rg`onda tadqiqot olib borayotgan Kemal Akishev tomonidan Saklar shohi "Oltin odam" qoldiqlari topildi. Bu topilma o`z navbatida Qozog`iston ramziga aylandi. Noyob topilma "Qozoq Tutanxamoni" deb atala boshlandi hamda asrning yirik kashfiyoti deb tan olindi.

"Oltin odam" ko`rgazmasi bugungi kunda Rossiya, Xitoy, Polsha, Belarus, Ozarbayjon, Koreya va Tatariston Respublikalarida namoyish etilgan. Bu mamlakatlarda bo`lib o`tgan ko`rgazmalarga bir milliondan ortiq tomoshabin tashrif buyurgan. 2020 yil oxirigacha ko`rgazma dunyoning 20 mamlakatida namoyishga qo`yilishi rejalashtirilgan.

O`zbekiston davlat san`at muzeyida bo`lib o`tayotgan ko`rgazmada "Oltin odam"ni tilla bezaklar bilan bezatilgan kiyimda, tilla o`qlar, qor qoplonlari, arxarlar, otlar, qushlar ko`rinishidagi oltin plastinalar bilan bezatilgan konus shaklidagi bosh kiyimda ko`rish mumkin. Shuningdek, (arxeologlar fikricha 17-18 yoshlarda bo`lgan) sak jangchisi Oltin odam bilan birga dafn qilingan erta temir davriga (mill.avv.V-IV asrlar) oid arxeologik topilmalar to`plami ham joy olgan. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekiston davlat san`at muzeyida bo`lib o`tayotgan ko`rgazmada Oltin odamni tilla bezaklar bilan bezatilgan kiyimda

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro baxshichilik san`ati festivali ochilishiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Barchangizni Xalqaro baxshichilik san`ati festivalining tantanali ochilishi bilan chin yurakdan muborakbod etaman

Tasviriy va amaliy san`at festivali o`tkaziladi

Joriy yilning 22-27 aprel kunlari mamlakatimizda Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish...

Mashhur yangiliklar