Yangilangan sana: 2019-03-29 Ko`rilgan: 173

Ulug` shoirni xotirlab

O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov milliy adabiyotimizni yangi bosqichga ko`targan nodir iste`dod sohibi edi. Uning yuksak badiiy, teran falsafiy she`rlari xalqimiz ko`nglidan chuqur joy olgan. Dramalari, doston va tarjimalari, publitsistik asarlari adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa bo`lib qo`shilgan. Ayni kunlarda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan bir guruh ijodkorlar ishtirokida Qashqadaryo viloyatidagi barcha ta`lim muassasalarida ulug` shoir tavalludiga va uning xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlari o`tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Qarshi davlat universitetida bo`lib o`tdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, poytaxtdan tashrif buyurgan shoir-yozuvchilar, olimlar, adibning yaqinlari, talaba-yoshlar, jurnalistlar ishtirok etdi. Tadbirda adibning zamonaviy o`zbek adabiyoti rivojiga qo`shgan ulkan hissasi, davlat va jamoat ishlaridagi faolligi, yosh ijodkorlarni tarbiyalashdagi jonkuyarligi haqida so`z yuritildi. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov milliy adabiyotimizni yangi bosqichga ko`targan nodir iste`dod sohibi edi

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro`z umumxalq bayramiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so`zi

Navro`z har bir xonadonga, butun el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro baxshichilik san`ati festivali ochilishiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Barchangizni Xalqaro baxshichilik san`ati festivalining tantanali ochilishi bilan chin yurakdan muborakbod etaman

Mashhur yangiliklar