Yangilangan sana: 2019-03-21 Ko`rilgan: 112

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro`z umumxalq bayramiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so`zi

Assalomu alaykum, muhtaram vatandoshlar! Qadrli mehmonlar! Xonimlar va janoblar!

Shu tarovatli kunlarda tabiat uyg`onib, go`zal diyorimizga barchamiz orziqib, sog`inib kutgan Navro`zi olam kirib kelmoqda.

Ming yillar davomida ma`naviy hayotimizning ko`rku ziynati bo`lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bag`ishlamoqda.

Azim poytaxtimizning markazida bunyod etilib, yaqinda foydalanishga topshirilgan muhtasham "Humo" koshonasida siz, azizlarni, sizlar orqali ko`p millatli butun xalqimizni Navro`z bayrami bilan chin qalbdan tabriklashni o`zim uchun katta sharaf, deb bilaman.

Mana shunday fayzli, shodiyona ayyomda barcha shahar va tumanlarda, qishloq va ovullarda Navro`z saylini o`tkazayotgan barcha-barcha yurtdoshlarimga yuksak hurmatim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo`lsin!

Sharqona Yangi yilimiz - Navro`zi olamning qadami qutlug` va barakali kelsin!

Muhtaram otaxon va onaxonlar! Munis opa-singillar! Qadrli aka-ukalar!

Xalqimizning ishonchi va tayanchi bo`lgan navqiron yoshlar!

Aziz farzandlarim!

Hammamiz uchun suyukli va ardoqli Navro`z bayrami bilan barchangizni yana bir bor chin dildan tabriklayman!

Navro`z har bir xonadonga, butun el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!

Barcha ezgu niyat va maqsadlarimiz amalga oshsin!

Vatanimiz yanada obod, xalqimiz doim omon bo`lsin!

Navro`zi olam barchamizga muborak bo`lsin! (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Navro`z har bir xonadonga, butun el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

Navro`z

Sizlarni "O`qituvchi" NMIU jamoasi nomidan yurtimiz uchun yangilanish fasli Navro`zi...

Ulug` shoirni xotirlab

O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov milliy adabiyotimizni yangi bosqichga ko`targan nodir iste`dod sohibi edi...

Mashhur yangiliklar