Yangilangan sana: 2019-03-01 Ko`rilgan: 352

Milliy adabiyotimizga ehtirom ifodasi

Mamlakatimizda milliy adabiyotimizga ko`rsatilayotgan cheksiz e`tibor so`z san`ati fidoyilarining betakror merosini puxta o`rganish, kitobxonlar safini yanada kengaytirish, yoshlarning yaxshi kitobga bo`lgan mehrini tobora kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

1 mart - O`zbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova tavalludi kuni munosabati bilan tashkil etilgan ma`rifiy tadbirda bu jihatlar yana bir karra namoyon bo`ldi. Tadbirda turli vazirlik va idoralar, xotin-qizlar qo`mitalari vakillari, yozuvchi va shoirlar, adabiyot muxlislari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Yozuvchilar uyushmasi uchun milliy va zamonaviy me`moriy uslublar uyg`unligidagi muhtasham bino qurib berilgani, ehtiyojmand ijodkorlar uchun poytaxt markazida ko`p qavatli turar joylar, xushhavo go`shalarda dam olish maskanlari bunyod etilayotgani, vaqtli adabiy nashrlar, nashriyot-matbaa korxonalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasidagi tizimli ishlar adabiyot ahliga ko`rsatilayotgan amaliy g`amxo`rlikning yorqin namunasidir.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Adiblar xiyoboni bunyod etilib, ushbu fayzli maskanda so`z san`ati fidoyilari xotirasiga bag`ishlab yodgorlik majmualari o`rnatilgani yoshlarning milliy adabiyotimizga bo`lgan mehri va ishtiyoqini tobora oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Sevimli shoiramiz betakror iste`dodi, Vatanga va insonga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg`usini, olijanob fazilatlarni yuksak tarannum etgan mukammal badiiy asarlari, ibratli hayot yo`li, ijtimoiy faoliyati bilan milliy madaniyatimiz, adabiyotimizga katta hissa qo`shgan ijodkor sifatida xalqimiz qalbidan o`rin olgan. Zulfiyaxonimning nafis she`riyati ona Vatanga, borliq va tabiatga, insonga cheksiz mehr, samimiyat, bahoriy haroratga limmo-limligi bilan qadrlidir. Shoiraning otashin misralari nainki yurtimizda, balki xorijda ham ma`lum va mashhurdir. (UzА)

"O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi ("O‘qituvchi" NMIU) umumta`lim maktablari, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun original, tarjima darsliklar, o`quv qo`llanmalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar nashr etadi. Buyurtma

Batafsil ma`lumot

Sevimli shoiramiz betakror iste`dodi, Vatanga va insonga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg`usini

Yangiliklarni o‘qishni tavsiya etamiz

O‘zbekistonning eng yirik nashriyotlari o‘rtasida saytlar mashhurligi reytingi yanvar 2019

Bugun 2019 yilning yanvar oyi uchun "O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "O`zbekiston" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy...

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag`ishlab o`tkazilgan tantanali marosimdagi nutqi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag`ishlab o`tkazilgan tantanali marosimdagi nutqi...

Mashhur yangiliklar